12:02 / 25.01.2020
3 560

Xitoy hukumati Uxanga 1230 nafar vrachni jo‘natdi

Xitoy hukumati Uxanga 1230 nafar vrachni jo‘natdi
Xitoy sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi koronavirus tarqalgan Uxan hududiga 1230 nafar vrachni jo‘natdi. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Sof.uz xabar berdi.
2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Uxan shahrida noma’lum virus tarqalgani haqida xabar bergan edi.

Yanvarda kasallik keltiruvchi virus koronavirus ekani aniqlangan. Versiyalardan biriga ko‘ra, virus tashuvchisi ilonlardir.
Shu kunlarda Fransiya, Nepal va Malayziyada ham koronavirusni yuqtirganlar aniqlandi.

Oxirgi 24 soat davomida bu virusni yuqtirganlar soni 444 kishini tashqil etdi.
Virusdan kasallanib, vafot etganlar soni 41 nafardan oshdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy hukumati Uxanga 1230 nafar vrachni jo‘natdi