16:30 / 25.01.2020
2 336

Astronavtlar birinchi marta kosmosda pechene pishirdi

Astronavtlar birinchi marta kosmosda pechene pishirdi
Foto: Meduza
Astronavtlar Kristina Kox va Luka Parmitano kosmosda pechene pishirgan birinchi kishilar sifatida tarixga kiradi. Ularning vazifasi mikrogravitatsiya sharoitlarida yegulik tayyorlashga mo‘ljallangan pechni Xalqaro kosmik stansiyada sinab ko‘rish edi. Bu qurilma uzoq kosmik parvozlar vaqtida asqotishi mumkin, deb yozmoqda Meduza'ga tayanib Daryo nashri.

Dekabr oyining oxirida, Rojdestvodan oldin Kox va Parmitano beshta pechene tayyorlagan. Biroq ular pechenelarni yeya olmagan, ularni SpaceX kapsulasida Yerga jo‘natish kerak bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, kosmosda pechene tayyorlash uchun Yerdagidan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Yerda mazkur pecheneni tayyorlash Selsiy shkalasi bo‘yicha 150 daraja haroratda 20 daqiqa vaqt oladi.

Birinchi kosmik pechene pechda taxminan 25 daqiqa ushlab turilgan, biroq xamir pishmasdan chiqqan. Ikkinchi pechene esa 75 daqiqaga pechga qo‘yilgan. U yaxshiroq bo‘lgan, biroq unda ham kamchilik bo‘lgan. To‘rtinchi va beshinchi pechenelar ko‘rinishi jihatdan eng omadlilari deb tan olingan, ular 120 va 130 daqiqa pishirilgan. Yangi pishgan pechene hidi birinchidan tashqari barcha pechenelarda bo‘lgan.

Ichida pechenelar bo‘lgan SpaceX kapsulasi Yerga 7 yanvar kuni yetib kelgan, biroq tajriba natijalari ikki haftadan so‘ng e’lon qilindi. Kosmosda pishirilgan pechene yeyish zararli yoki zararli emasligini aniqlash uchun mahsulot laboratoriyada chuqur o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Astronavtlar birinchi marta kosmosda pechene pishirdi