18:08 / 25.01.2020
3 203

Shirin gazlangan suv va fastfud foydalimi? Uch yilda 100 kilogramm ozgan bola hikoyasi

Shirin gazlangan suv va fastfud foydalimi? Uch yilda 100 kilogramm ozgan bola hikoyasi
Suratdagi bolakay Arya Perman Indoneziyada yashaydi. U tartibsiz ovqatlangani bois shu ko‘rinishga keldi. Bolakay shirin gazlangan suv, fastfud va boshqa yog‘li ovqatlarni tanavvul qilishni yaxshi ko‘rardi.

Ortiqcha vazni tufayli bolakay maktabga borishdan mahrum bo‘ldi. Shu sababli o‘qituvchilar uning uyiga kelib dars o‘tishga majbur bo‘lishdi. Bolakay vannaga kira olmagani bois, faqat basseynda cho‘milardi.

Bolakayning hayoti xavf ostida qolgani sababli, shifokorlar uni operatsiya qilishga qaror qildilar.
Shifokorlarning sa’y-harakati va o‘zining qat’iyatligi tufayli Arya so‘ngi uch yilda 100 kilogrammga ozdi.

To‘g‘ri, unda ortiqcha terilar paydo bo‘ldi. Shu sababli endilikda shifokorlar ortiqcha terini yo‘qotish uchun bolani operatsiyaga tayyorlashmoqda.
Hozir Arya o‘zini yaxshi his qilmoqda: o‘rtoqlari bilan birga maktabga bormoqda, ular bilan birga o‘ynamoqda.

Bolakay gazlangan shirin suvlarni ichish, fastfud va yog‘li ovqatlar iste’mol qilish sog‘liqqa zararligini anglab yetdi.
Xulosa chiqarish o‘zingizga bog‘liq. Bolalaringizni to‘g‘ri ovqatlantirshga o‘rgating, imkon qadar o‘zimizning ovqatlardan bering.

Sharofiddin To‘laganov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shirin gazlangan suv va fastfud foydalimi? Uch yilda 100 kilogramm ozgan bola hikoyasi