10:39 / 26.01.2020
3 272

Xitoyda koronavirusdan yana 15 kishi vafot etdi

Xitoyda koronavirusdan yana 15 kishi vafot etdi
Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan zararlanganlar soni 1975 nafargacha, uning qurbonlari soni esa 56 nafargacha yetdi. Ma’lum qilinishicha, 324 bemorning ahvoli og‘ir.

Bir kun avval virusdan 41 kishi vafot etgani, kasallanganlar esa 1,4 ming kishiga yaqinni tashkil etayotgani ma’lum qilingandi.
Ta’kidlanishicha, yana 2,7 ming kishi virus bilan zararlangan bo‘lishi mumkin, biroq bu hali tasdiqlanmagan. 21,5 mingga yaqin xitoylik kasallanganlar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan va ular shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Xitoy hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p zararlanganlar virus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahri va u joylashgan Xubey provinsiyasida qayd qilingan – 1052 nafar. Shu hududga virusdan vafot etganlarning eng ko‘pi to‘g‘ri kelmoqda – 52 qurbon. Shuningdek, Xitoy poytaxtida virusdan 51 kishi, Shanxayda esa 40 kishi zararlangan.

Bundan tashqari, yangi virus Avstraliya, Vetnam, Malayziya, Nepal, Janubiy Koreya, Singapur, AQSH, Tailand, Fransiya va Yaponiyagacha yetib borgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda koronavirusdan yana 15 kishi vafot etdi