19:45 / 27.01.2020
3 260

Chechenistonda Ramzon Qodirov suratlaridan tayyorlangan kollajga aloqador 25 nafar odam hibsga olindi

Chechenistonda Ramzon Qodirov suratlaridan tayyorlangan kollajga aloqador 25 nafar odam hibsga olindi
Foto: «Rbc»
Chechenistonning turli qishloqlaridan taxminan 25 nafar shaxs davlat rahbari Ramzon Qodirov pravoslav cherkov xodimi sifatida tasvirlangan fotokollajga aloqadorligi tufayli hibsga olingan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Nashrning yozishicha, qo‘lga olish ishlari 24 yanvarda Shali shahri Germenchuk va Kurchaloyev tumanlarida amalga oshirilgan. Hibsga olinganlar orasida maktab o‘quvchilari ham bor, kollajni tarqatganlardan tashqari uni mobil qurilmasida qabul qilganlar ham so‘roq qilinmoqda.

Hibsga olinganlarning hammasi Shalin tumanidagi IIV bo‘limi izolyatoriga vaqtinchalik qamoqqa olib kelingan va hech qanday bayonnoma rasmiylashtirilmagan. Qamoqda ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani va odamlarning nozirlar tomonidan urilgani taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chechenistonda Ramzon Qodirov suratlaridan tayyorlangan kollajga aloqador 25 nafar odam hibsga olindi