Foto: «informator.ua»
Xitoydan tashqariga tarqalib ulgurgan yangi kasallik – koronavirus butun dunyo aholisini xavotirga solmoqda. Qator mamlakatlar Xitoy bilan vaqtincha «bordi-keldi»ni to‘xtatyapti, «buyuk devor» ortida esa shaharlarda ommaviy karantinlar tashkil qilinmoqda.
Internetda ushbu kasallikning dunyo bo‘ylab tarqalishini onlayn ko‘rsatib turadigan servis ishga tushirildi.
Servisning interfeysida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan hamda mazkur kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha AQSH, Xitoy va Yevropada tashkil etilgan markazlardan olingan dolzarb ma’lumotlar, muntazam yangilanib turuvchi statistika ko‘rsatilib boriladi.
Unda dunyoning barcha burchaklarida koronavirus bilan kasallanish holatlari tasdiqlangan ma’lumotlar, tuzalib ketgan bemorlar yoki vafot etganlar soni ham berib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamyurtlarimizga nafaqat Xitoy, balki boshqa xorijiy davlatlarga ham chiqmaslikni tavsiya qilgandi. Qolaversa, Jizzaxda koronavirus tarqalganligi haqidagi xabarlar asossiz ekanligini ham ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi