Foto: Reuters
Xitoy davlat televideniyesi Pekinda koronavirus sababli yuz bergan birinchi o‘lim holati haqida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Daryo nashri.
Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahriga borib qaytgan 50 yoshli erkakda 22 yanvar, chorshanba kuni kasallik aniqlangan edi.
Hozirgacha Pekinda 80 ga yaqin odam koronavirus bilan xastalangani aytilmoqda. 27 yanvarga kelib, Xitoyda koronavirus epidemiyasi oqibatida 81 kishi vafot etdi, 2800 kishi kasallangan.
Virus dastlab 2019 yil dekabr oyi oxirida Uxan shahrida aniqlangan edi. Keyinroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanish holatlari boshqa mamlakatlarda ham, asosan Osiyoda qayd etildi. AQSH, Nepal, Avstraliyada o‘nga yaqin holatlar yuz bergan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi