12:23 / 28.01.2020
3 864

Tibet «topilmasi»: muzliklar erishi qadimgi viruslarni yuzaga chiqarishi mumkin

Tibet «topilmasi»: muzliklar erishi qadimgi viruslarni yuzaga chiqarishi mumkin
Muzliklar erishi nafaqat daryolar sayozlanishi va chuchuk suv yetishmovchiligiga sabab bo‘lishi, balki boshqa jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Masalan, insoniyat hech qachon duch kelmagan viruslarning paydo bo‘lishi. Bu haqda Tibet tog‘laridagi muz qatlamini o‘rganib, bir qator kutilmagan kashfiyotlar qilgan AQSH va Xitoy olimlari ogohlantirmoqda.

2015 yil Tibetda olimlar taxminan 15 ming yil oldin shakllangan muzlikdan namunalar saralab olishgan. 50 metr chuqurlikda qazib chiqarilgan namunalar keyinchalik sinchiklab tekshirildi. Endilikda, ko‘p yillik mehnatdan so‘ng, tadqiqot natijalari e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, qadimgi muz namunalarida 33 guruh viruslar bo‘lgan, xususan mikrobiologlar dastlab 28 guruh virusni kashf etishgandi. Ya’ni, Tibet tog‘larida joylashgan muz qatlamlarida bugungi kunda sayyorada uchramaydigan viruslar mavjud, insoniyat sivilizatsiyasi ular bilan hech qachon aloqada bo‘lmagan.

Ushbu kashfiyot sayyoramizning boshqa muzliklari ham ilgari noma’lum viruslarni o‘z ichiga olishi mumkinligini anglatadi, ularning xilma-xilligi juda katta bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda sayyoramizning barcha mintaqalarida, jumladan Grenlandiya va Antarktidada kuzatilayotgan muzliklar qisqarishi ulardagi viruslar «erkinlikka chiqishi»ga olib keladi. Yangi viruslar va mikroblarning paydo bo‘lishi, albatta, mikrobiologlarning sayyoramizdagi hayot haqidagi bilimlarini to‘ldiradi, ammo bu mavjud hayot shakllarining, shu jumladan odamlar hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Yangi viruslar vaqti-vaqti bilan odamlar hayotida paydo bo‘lib turadi. Ba’zan ular inson tanasiga yovvoyi kasal hayvonlar orqali yuqsa, ba’zida suv va oziq-ovqat bilan kirib boradi. Tibetda topilgan yangi viruslar qanchalik xavfli ekanligini bugungi kunda hech kim taxmin qila olmaydi. Shunga qaramay, bunday tadqiqotlar sivilizatsiyamiz kelajagi uchun juda muhimdir, shuning uchun mutaxassislar sayyoramizdagi boshqa muzliklarni o‘rganib, patogen mikroorganizmlar ma’lumotlar bazasini to‘ldirishda davom etishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tibet «topilmasi»: muzliklar erishi qadimgi viruslarni yuzaga chiqarishi mumkin