17:05 / 29.01.2020
2 976

Butun dunyodagi aviakompaniyalar Xitoyga parvozlarni bekor qila boshladi

Butun dunyodagi aviakompaniyalar Xitoyga parvozlarni bekor qila boshladi
Foto: Patipat Janthong / Keystone Press Agency / Global Look Press
Yangi koronavirus tarqalishi sababli butun dunyodagi aviatashuvchilar Xitoyga parvozlarni qisman bekor qilmoqda.

Reuters agentligining yozishicha, xususan, dunyoning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bo‘lgan United Airlines 1 fevraldan 8 fevralgacha AQSHdan Pekin, Hongkong va Shanxayga 24ta reysni bekor qildi. Britaniya TIV tavsiyasi bilan British Airways ham bu davlatga parvozlarni to‘xtatdi. Gruziya Xitoy bilan aviaaloqani 29 martgacha to‘xtatishga qaror qildi.

Janubiy Koreyaning Air Seoul loukosteri ham xuddi shunday yo‘l tutdi, Tayvanning China Airlines kompaniyasi esa 10 fevralgacha bir nechta reysni bekor qildi. Air Canada Xitoyga har haftada bo‘ladigan 33ta reysdan ayrimlari bekor qilinganini xabar qildi, Germaniyaning Lufthansa kompaniyasi ham bu yo‘nalishga parvozlar kamayganini bildirdi.

Shuningdek, Scoot (Singapur loukosteri) va AisAsia (Malayziya) ham Xitoyga reyslarni bekor qildi.

Xitoyda yangi koronavirusdan vafot etganlar soni bir kun ichida yana 26 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda 132 nafarga, kasallanganlar soni esa 1459 nafarga ko‘payib, 5974 nafarga yetdi. Boshqa davlatlardagi kasallanganlar hisobga olinsa, butun dunyo bo‘ylab ushbu virusdan kasallanganlar soni 6052 nafarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Butun dunyodagi aviakompaniyalar Xitoyga parvozlarni bekor qila boshladi