10:43 / 31.01.2020
9 530

O‘zbekiston sobiq rahbarining qarindoshi xalqaro fashistlar to‘dasiga boshchilik qilgan

O‘zbekiston sobiq rahbarining qarindoshi xalqaro fashistlar to‘dasiga boshchilik qilgan
Foto: BBC
O‘zbekistonlik taniqli culola vakili, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining sobiq talabasi Alisher Muhiddinov IronMarch.org («Temir marsh») deb atalgan internet-forumga asos solib, xalqaro miqyosda fashistik g‘oyalarni targ‘ib etgan. Bu haqda BBC rus xizmati xabar beradi.

2011 yilda tashkil qilingan forum xalqaro millatchilik tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan. Fashistik g‘oyalarni ingliz tilida targ‘ib etgan yashirin guruh «odatiy» terrorizm vositalariga qanoat qilmay, yadro qurolini ishga solishni orzu qilgan. Britaniya matbuoti IronMarch.org forumini «fashistlar feysbuki» deb atagan.

Qayd etilishicha, Alisher Muhiddinov internetda «Aleksandr Slavros taxallusi bilan faoliyat olib borgan. U o‘zini ochiqdan-ochiq fashist, irqchi deb atagan, G‘arb mamlakatlaridagi ko‘plab neonatsistlarga «ustoz»lik qilgan. Falsafiy esselar yozib, fashizmning zamonaviy talqinini yaratishga uringan.

A.Muhiddinov dastlab Moskva davlat universiteti (MGU), so‘ngra Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida (MGIMO) tahsil olgan. Ammo har ikki oliygohdan haydalgan. Osiyo irqiga mansub yigitni rus millatchilari o‘z safiga qabul qilishi amrimahol edi. Shu bois u mustaqil «ta’limot»ni yaratishga uringan. Rus va italyan millatchilari g‘oyalari ta’sirida bo‘lgan A.Muhiddinov stalinparast ekanini ham yashirmagan.

Jurnalistlarning aniqlashicha, Alisher Muhiddinov ota tomondan o‘zbekistonlik atoqli davlat arbobi Nuriddin Muhiddinovning qarindoshi sanaladi. 1950-yillarda O‘zbekiston SSRga rahbarlik qilgan N.Muhiddinov keyingi o‘n yilliklar mobaynida sobiq Ittifoq miqyosida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan. A.Muhiddinovning otasi – tadbirkor, mehnat muhojirlariga ko‘mak jamg‘armasi rahbari. Onasi esa sport jurnalisti.

Bir necha yil avval IronMarch.org forumining ayrim a’zolari AQSH hamda Kanadada qotillik va ekstremizmda ayblanib hibsga olingan. Olti yil davomida millatchilik g‘oyalarini targ‘ib-tashviq etgan forum 2017 yilda qo‘qqis yopilgan. A.Muhiddinov esa noma’lum sabablarga ko‘ra jazodan qutulib qolgan. BBS’ga ko‘ra, u ayni paytda Moskvada onasi sovg‘a qilgan kvartirada umrguzaronlik qilib kelmoqda.

Sobir Salim

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston sobiq rahbarining qarindoshi xalqaro fashistlar to‘dasiga boshchilik qilgan