18:13 / 04.02.2020
9 925

Xitoy butun dunyoni aldayaptimi? Koronavirusga chalinganlar soni aslida qancha?

Xitoy butun dunyoni aldayaptimi? Koronavirusga chalinganlar soni aslida qancha?
Foto: Arek Rataj / AP
Olimlar 2019-nCoV koronavirusi epidemiyasining ko‘lami rasmiy ma’lumotlarda aks etganidan ancha yirik bo‘lishi mumkinligini aytmoqda, deya xabar tarqatdi VVS.

Gonkong universiteti olimlarining hisob-kitobiga ko‘ra, Uxan shahrida virus yuqqan kishilar soni 25 yanvarga kelib 75 ming kishidan ortiq bo‘lishi kerak edi. Vaholanki, o‘sha kungi rasmiy ma’lumotda bemorlar soni 2 mingdan ortgani aytildi.

Olimlarning tadqiqot natijalari Lancet jurnalida chop etildi. Unda ta’kidlanashicha, koronavirus epidemiyasi avval taxmin qilinganidan tezroq yoyilmoqda. Olimlarning fikriga ko‘ra, 2019-nCoV virusini tashib yurgan har bir kishi uni o‘rtacha 2-3 kishiga yuqtiradi.

Kasallanganlarning umumiy soni geometrik progressiyada ko‘payyapti va har hafta ikki baravar ortyapti.
Ichki aviareyslar va temir yo‘ldagi tashishlar bo‘yicha statistikani tahlil qilgan gonkonglik olimlar 25 yanvargacha qariyb ming nafar bemor infeksiyani Uxandan boshqa shaharlarga, eng avvalo Chunsin, Pekin, Shanxay, Guanchjou va Shenchjenga olib borgan bo‘lishi kerak edi, degan xulosaga keldi.

“Agar virus u yerlarda ham Uxandagidek shiddat bilan tarqalsa, Xitoyning bir qator yirik shaharlarida epidemiya eksponensial ravishda yoyiladi”, – deydi olimlar.

Shunga o‘xshash fikrni o‘tgan haftada Amerikaning Bianco Research tadqiqot markazi bildirgan edi. Markaz tadqiqotchilarining aytishicha, hisob-kitoblar va rasmiy ma’lumotlar o‘rtasidagi katta farqni bir necha omil bilan izohlash mumkin.

Birinchidan, kasallikning yashirin davri ikki haftagacha davom etadi. Bu davrda kasallikning hech qanday belgilari namoyon bo‘lmaydi va bemor uni boshqalarga ham yuqtirishi mumkin.

Bundan tashqari, bemor shifokorga murojaat etgan taqdirda ham, uning holatiga aynan yangi koronavirus sababchi ekanini tasdiqlash kerak. Buning uchun esa bir necha kun davomida laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.

Shunday qilib, olimlar Xitoyning Pekin, Shanxay va boshqa yirik shaharlari virusning yangi o‘chog‘iga aylanini mumkinligidan ogohlantirdi.
Masalaning boshqa tomoni ham bor: agar olimlarning hisob-kitobi to‘g‘ri bo‘lsa, 2019-nCoV koronavirusining xavfi haqidagi gap-so‘zlar ortiqcha bo‘rttirilgan va bemorlarning bu kasallikdan o‘lish darajasi 1 foizdan kam bo‘lib chiqadi.

Taqqoslash uchun: 2003 yildagi «atipik zotiljam» (SARS)da o‘lim darajasi 9 foizga teng bo‘lgan edi. 2012 yilda tarqalgan Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS)ga chalingan bemorlarning har uchtadan bittasi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy butun dunyoni aldayaptimi? Koronavirusga chalinganlar soni aslida qancha?