11:38 / 13.02.2020
5 860

Eng boy odam eng chiroyli uyni sotib oldi (Foto)

Eng boy odam eng chiroyli uyni sotib oldi (Foto)
Foto: «Kfund-media.com»
Dunyoning eng boy odami Jeff Bezos Beverli-Xillzda 165 million dollarga dang‘illama hovli xarid qildi, deya xabar berdi «Wall Street Journal» gazetasi.
Bezos uni mediamagnat Devid Geffendan sotib oldi. Bu Los-Anjeles hududi uchun rekord bitim sanaladi. Manbaga ko‘ra, ko‘chmas mulk agentlari kelishuvda ishtirok etishmagan.

«Warner Estate» nomli dang‘illama hovli 3,6 gektar maydonda joylashgan. U 1930-yillarda «Warner Bros» prezidenti Jek Uorner uchun loyihalashtirilgan. Uyning keng peshayvonlari, beqiyos bog‘-rog‘lari, bir qancha mehmon uychalari, tennis korti va golf uchun maydoni bor.

«Bu nafaqat Los-Anjeles, balki dunyodagi eng chiroyli uylardan biri, desam xato bo‘lmaydi», — deydi mahalliy agent Kurt Rappaport.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng boy odam eng chiroyli uyni sotib oldi (Foto)