14:11 / 14.02.2020
4 165

Koronavirusdan eng ko‘p Yaponiya qo‘rqyapti

Koronavirusdan eng ko‘p Yaponiya qo‘rqyapti
«RBK» saytining yozishicha, rossiyaliklarning faqat 42 foizi dunyoda koronavirus tahdidi yuqori deb hisoblaydi. Ipsos tadqiqot markazi dunyodagi 8 ta davlatda o‘tkazgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda.

Virus tarqalishidan eng ko‘p Yaponiyada (66 foiz), Avstraliya (61 foiz) va AQSHda (55 foiz) xavotir olishmoqda.
Koronavirus tahdidi yuqori deb hisoblaydigan respondentlar soni Kanada, Buyuk Britaniya va Germaniyada 42 dan 47 foizgachani tashkil etgan.

So‘rovda ishtirok etganlarning deyarli yarmi koronavirus tarqalishiga chek qo‘yilgan va yaqinda yakunlanadi degan fikrga qo‘shilmagan. Buyuk Britaniyadagi respondentlarning 55 foizi vaziyat yaqin orada izga tushishiga ishonmagan.

Bugunga qadar koronavirus keltirib chiqargan xastalikdan eng ko‘p odam vafot etgan joy bu ushbu virus ilk tarqalgan hudud – Xitoyning Xubey provinsiyasi bo‘lib turibdi. U yerda 1300 nafardan ko‘proq odam koronavirus tufayli vafot etgan. Xitoyning materikli qismidan tashqarida ikki nafar odam Gonkong va Filippinda vafot etgandi, endi ushbu hududlar safiga Yaponiya ham qo‘shildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada o‘tkazilgan brifing davomida so‘nggi haftada Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni barqaror ravishda kamaygani va har kuni bir xil darajada turganini ma’lum qilgan. Gonkong rasmiylari koronavirus kanalizatsiya quvurlari orqali ham tarqalishi mumkinligini taxmin qildi.

Shuningdek, Gonkong hukumati koronavirus tarqalishi sababli maktab ta’tilini 16 martgacha uzaytirdi.

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusdan eng ko‘p Yaponiya qo‘rqyapti