15:55 / 14.02.2020
2 678

Tramp o‘z advokatini Ukrainaga ayg‘oqchilik uchun yuborganini tan oldi

Tramp o‘z advokatini Ukrainaga ayg‘oqchilik uchun yuborganini tan oldi
AQSH prezidenti Donald Tramp advokati Rudi Jiulianini ayg‘oqchilik uchun Ukrainaga yuborganini tan oldi.
Donald Tramp avvaliga impichment surishtiruvi paytida bu ayblovni qat’iyan rad etgan edi. Ammo endi ochiqchasiga tan oldi.

Prezident payshanba kuni jurnalist Geraldo Riveraga bergan intervyusida advokati Rudi Jiulianini siyosiy raqiblari haqida sirli ma’lumotlarni topish uchun Ukrainaga yuborganiga iqror bo‘lgan. Jurnalistning «shaxsiy advokatingizni Ukrainaga yuborish sizningcha g‘alati emasmi? Siz bundan afsusdamisiz?», — deya so‘ragan. Ushbu savolga javoban Tramp: «Yo‘q, aslo yo‘q» deb javob bergan va Jiulianining «jinoyatchilikka qarshi kurashdagi» o‘rnini maqtagan.

Jiulianining aytishicha, u Ukrainada qonuniy korrupsiyani fosh qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp o‘z advokatini Ukrainaga ayg‘oqchilik uchun yuborganini tan oldi