10:55 / 17.02.2020
2 483

Xitoy hukumati Xubeyda o‘lim ko‘rsatkichi kamayganini ma’lum qildi

Xitoy hukumati Xubeyda o‘lim ko‘rsatkichi kamayganini ma’lum qildi
Foto: Gao Xiang / Xinhua / AP
Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash mintaqaviy komissiyasining ma’lum qilishicha, so‘nggi bir sutka ichida ushbu hududda 100 kishi vafot etdi. Reuters xabariga ko‘ra, bu boradagi vaziyat shanba kuni bilan taqqoslaganda yaxshilandi, o‘shanda Xitoy hukumati 139 bemorning o‘limi haqida ma’lum qilgandi.

Shu bilan birga, rasmiylar koronavirus bilan kasallanishning yangi holatlari (1933) oldingi kunga nisbatan 5 foizga ortganini ma’lum qildi. Ularning 90 foizi provinsiya poytaxti Uxan shahri hissasiga to‘g‘ri keladi, bu epidemiyaning tarqalishi sekinlashganidan darak beradi.

Xubey provinsiyasida jami 58 182 kasallanish holati qayd etilgan. U yerda 1696 kishi vafot etdi. Ushbu mintaqadan tashqarida jami 74 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ulardan besh nafari Xitoyning materik qismidan tashqarida vafot etdi: Honkong, Tayvan, Fransiya, Yaponiya va Filippin.

O‘tgan hafta XXR rasmiylari virus tarqalishini to‘xtatish uchun yangi choralar ko‘rdi. Xubey provinsiyasida avtomobil transporti harakati taqiqlandi. Tez yordam, politsiya, o‘t o‘chiruvchilar mashinasi uchun istisno mavjud.

Uxanning o‘zida aholiga maxsus ruxsatsiz o‘z tumanlarini tark etish taqiqlab qo‘yildi.
Aynan Uxanda koronavirus dastlabki bor o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida aniqlandi. O‘shanda shahardagi dengiz mahsulotlari bozori kasallanish manbai deb taxmin qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy hukumati Xubeyda o‘lim ko‘rsatkichi kamayganini ma’lum qildi