14:13 / 18.02.2020
3 863

Uxanda mushugi sabab qolib ketgan qiz koronavirus va moda haqida blog yuritmoqda (video)

Uxanda mushugi sabab qolib ketgan qiz koronavirus va moda haqida blog yuritmoqda (video)
Kadr:YouTube
Xitoyning Uxan shahriga kelib qolgan 21 yoshli kanadalik Kristina Shramko mushugini yolg‘iz qoldirishni istamagani uchun karantin sabab yopib qo‘yilgan hududda qolib ketdi, deb xabar beradi «RBK»ga tayanib Daryo.

Vankuverdagi universitetning feyshn-marketing fakulteti talabasi Uxanga epidemiyadan sakkiz oy oldin yaxshi ko‘rgan insonining oldiga kelgan. Shahar yopilganida uning suyuklisi boshqa provinsiyada xizmat safarida bo‘lgan. Karantin sabab ular deyarli bir oydan beri ko‘risha olmayapti va Kristina Shramko epidemiya tarqalgan shahardagi kompaniyada Kiti laqabli mushugi bilan yashamoqda.

Kanada fuqarolari evakuatsiya qilinganida Kristina vataniga qaytishni istamagan, chunki bortga hayvonlarni olib chiqish taqiqlangan.

Kristina Shramko YouTube’da blog yuritib, fojiaviy mashhurlikka erishgan Xitoy shahridagi holat haqida so‘zlab kelmoqda. Ikki hafta oldin koronavirusga bag‘ishlab chiqargan roligida u Uxan arvoh-shaharga aylanib qolganini aytgan: «Uyimning ro‘parasida ulkan savdo markazi bor, u yerdagi turargohlar avtomobillar bilan to‘lgan, odamlar to‘da bo‘lib kirib, xuddi shunday chiqib kelardi. Hozir deyarli hech kim yo‘q, savdo markazi atrofidagi hududlar bo‘shab qolgan».

16 fevral kuni e’lon qilgan videosida esa politsiya aholini uylaridan chiqarmayotgani, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilinayotganini aytgan. Supermarketlarning peshtaxtalari deyarli bo‘m-bo‘sh, narxlar esa ko‘tarilib ketgan: «Oziq-ovqat uchun hech qachon buncha ko‘p pul sarflamaganman! Atrofdagi do‘konlarda mushuklar uchun ozuqa yo‘q, yaxshiyam Kitining biroz zahiralari bor, biroq u bir oyga yetmaydi, xavotirdaman». Shramkoning aytishicha, Uxandagi karantin aprel yoki mayga qadar davom etishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uxanda mushugi sabab qolib ketgan qiz koronavirus va moda haqida blog yuritmoqda (video)