15:27 / 18.02.2020
4 354

Dunyodagi eng yirik yo‘lovchi samolyoti Buyuk Britaniyadagi to‘fon sabab uchish yo‘lagida «osilib» qoldi (video)

Dunyodagi eng yirik yo‘lovchi samolyoti Buyuk Britaniyadagi to‘fon sabab uchish yo‘lagida «osilib» qoldi (video)
Etihat Airways aviakompaniyasiga tegishli Abu-Dabidan Londonga uchgan yo‘lovchi samolyoti «Dennis» to‘foni sabab Xitrou aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida «qotib» qoldi. Samolyotning qo‘nayotgani tasvirlangan video YouTube’dagi SpeedbirdTV kanaliga joylashtirildi.

Mazkur hodisa 15 fevral kuni Airbus A380 samolyoti bilan sodir bo‘lgan. Bu yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan dunyodagi eng katta samolyot hisoblanadi, uning maksimal og‘irligi 394 tonnaga teng. Videodan ko‘rish mumkinki, kuchli shamol sabab samolyot bir necha soniyaga uchish-qo‘nish yo‘lagi uzra qotib qolgan, shundan so‘ng u burchak ostida qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Havo kemasining qo‘nishi oqibatida jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Euronews’ning ma’lum qilishicha, reys yo‘lovchilari ijtimoiy tarmoqlar orqali uchuvchilarga minnatdorchilik bildirgan.

«Dennis» to‘foni Buyuk Britaniyaga so‘nggi oy davomida yopirilgan ikkinchi to‘fon hisoblanadi. 16 fevral kuni boshlangan to‘fon oqibatida kuchli yog‘ingarchilik, suv toshqinlari va soatiga 146 kilometr esadigan shamol yuzaga keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng yirik yo‘lovchi samolyoti Buyuk Britaniyadagi to‘fon sabab uchish yo‘lagida «osilib» qoldi (video)