Ukrainada harbiy to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Mamlakat armiyasi va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan ayirmachilar o‘rtasida otishma yuzaga kelgan.
Ukraina harbiylarining ta’kidlashicha, sharqiy frontdagi qo‘shinlar Lukansk ayirmachilari tomonidan kuchli o‘qqa tutilgan. Bir askar o‘ldirilgan va to‘rt kishi yaralangan. Bu haqda «BBC» xabar berdi.
Shuningdek Lugansk ayirmachilaridan 4 nafari halok bo‘lib, yana to‘rt kishi yaralangani xabar qilingan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shu munosabat favqulodda Xavfsizlik Kengashini chaqirdi.
To‘qnashuv Zolote qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Ukraina harbiy kuchlari seshanba kuni Zolotoy okrugidagi Novotoshkovsk, Orxovsk, Qrim va Xutirsk, Vilnyus kabi ko‘plab nuqtalarda joylashtirilganini aytilmoqda.
«Ular Ukraina askarlarini Minsk sulhida taqiqlangan qurollardan o‘qqa tutib, o‘rab olishga urinishdi. Dushman turli xil granata va og‘ir pulemyotlardan, xususan 120 mm minomyot hamda o‘qlardan foydalandi. Olov niqobi ostida rus bosqinchilari hujumga o‘tdi. va aloqa chizig‘ini kesib o‘tishga urindi», — deyiladi JFO bayonotida.
So‘nggi oylarda tinchlik o‘rnatishga har ikki tomon ehtiyotkorlik bilan yondoshmoqda: mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Fransiya hamda Germaniya vositachiligida muzokaralar o‘tkazildi.
Vladimir Zelenskiy ushbu hujumni Donbassdagi tinchlik jarayonini buzishga urinish deb atadi.
Ayirmachilar Rossiya armiyasiga tegishli og‘ir qurollar bilan qurollangani aytilmoqda. G‘arb ekspertlarining ta’kidlashicha, ular Rossiyaning harbiy bo‘linmalari bilan o‘z safini kuchaytirgan.
Kreml buni doimiy ravishda rad etib, Donbass va Lukanskda rus «ko‘ngillilari» isyonchilarga yordam berayotganini ta’kidlab keladi.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi