22:00 / 19.02.2020
3 394

Atamboyevning o‘g‘li otasining salomatligi yomonlashganini xabar qildi

Atamboyevning o‘g‘li otasining salomatligi yomonlashganini xabar qildi
Foto:president.kg
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning o‘g‘li Said otasining salomatligi keskin yomonlashganini ma’lum qildi.
"Otamning qon bosimi judayam past. Shifokorlarning aytishlaricha, bu istalgan vaqtda insult yoki infarktga olib kelishi mumin", - deb yozdi u Facebook sahifasida.

Said Atamboyevning ma’lum qilishicha, sobiq prezidentning qon bosimi ko‘rsatkichi oxirgi marta 76 ga 60 bo‘lgan.

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari 7-8 avgust kunlari Atamboyevning uyi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘ida uni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot o‘tkazgandi. Amaliyot davomida maxsus xizmatlar xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga qarshi maxsus vositalar qo‘llashgan. Sobiq prezidentning tarafdorlari bunga javoban o‘t ochishgan. Atamboyev tarafdorlari, shuningdek, 6 jangchini garovga olishgan.

Natijada bir kunga yaqin davom etgan to‘qnashuvlardan keyin Atamboyev taslim bo‘lishga qaror qilgan. Voqea vaqtida 136 kishi jabrlangan, bir jangchi halok bo‘lgan.
Ayni vaqtda Atamboyev bir nechta ayblovlar bo‘yicha hibsda ushlab turilibdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyevning o‘g‘li otasining salomatligi yomonlashganini xabar qildi