23:10 / 19.02.2020
4 923

Putin maoshi to‘g‘risidagi savolga javob berdi

Putin maoshi to‘g‘risidagi savolga javob berdi
Foto: «Kremlin.ru»
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Anatoliy Sobchak haykali poyiga gul qo‘yish uchun bugun, 19 fevral kuni Sankt-Peterburgga borganida, shaharliklar bilan uchrashib, ularning savollariga javob berdi. Bu haqda RBKga tayanib "Xabar" nashri yozmoqda.

Bir ayol daromadi ozligidan shikoyat qilib, oyiga 10 800 rublga kun ko‘rish mumkinmi, deya so‘ragan.
«O‘ylashimcha, juda qiyin», — deya javob bergan Putin.

O‘z navbatida haligi ayol uning (Putinni nazarda tutmoqda — tahr.) oyligi har holda juda yuqoridir degan savoliga prezident mamlakatda eng yuqori emas, deya javob qaytargan.

O‘sha ayol, shuningdek, davlat tomonidan o‘rnatilgan «yashash uchun yetarli minimum»ga oziq-ovqat sotib olishning umuman imkoni bo‘lmayotgani, yolg‘iz onalar qiynalayotgani haqida arz-hol qilgan.
«Tushunaman. Shuning uchun ham biz hozir bolali oilalarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha butun boshli dasturni amalga oshiryapmiz. Katta dastur», — degan Vladimir Putin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin maoshi to‘g‘risidagi savolga javob berdi