08:00 / 21.02.2020
3 491

Koronavirus Samsung uchun sovg‘a bo‘lishi mumkin

Koronavirus Samsung uchun sovg‘a bo‘lishi mumkin
Joriy yilning boshlanishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan koronavirus epidemiyasi bilan esda qoladi. Ushbu virus jahon sanoatiga, shu jumladan, texnologiya sohasiga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.

Xitoy hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish uchun maqsadida Foxconn zavodlari va boshqa fabrikalar ishini to‘xtatdi.
Apple kompaniyasi Xitoyda pnevmoniya tarqalishining unga salbiy ta’siri haqida allaqachon xabar bergan edi. Ammo mavjud holatdan nafaqat azob chekmasdan, balki g‘alaba qozonadigan kompaniyalar ham bor. Masalan, Samsung.

Janubiy Koreya gigantining holati Apple'nikidan yaxshiroqqa o‘xshaydi, chunki u o‘z vaqtida ishlab chiqarish quvvatlarini Vetnamga joylashtirgan edi. Samsung smartfonlarining deyarli yarmi Vetnamdagi fabrika konveyerlaridan chiqadi va hozirgi paytda koronavirus bu mamlakatga yetib bormagan.

Bundan tashqari, Samsung smartfonlarining Xitoydagi ulushi unchalik katta emas.

Janubiy gigantining Xitoydagi ulushi 1% ni tashkil etadi. Ilgariroq, Samsung Xitoydagi ikkita zavodini yopgan va do‘konlari soni kamaytirilgandi. Bunday vaziyatda koronavirus Samsung uchun haqiqiy sovg‘adan boshq narsa emas. Chunki kompaniya bu vaziyatda virus epidemiyasi tufayli yuzaga kelgan raqobatchilarining muammolaridan foydalanishi turgan gap.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus Samsung uchun sovg‘a bo‘lishi mumkin