09:20 / 21.02.2020
2 895

Tramp Janubiy Koreya filmiga bosh “Oskar” berilganini tanqid qildi

Tramp Janubiy Koreya filmiga bosh “Oskar” berilganini tanqid qildi
Foto: REUTERS
AQSH prezidenti Donald Tramp “Eng yaxshi film” yo‘nalishida “Oskar” mukofotining janubiy koreyalik rejissyor Pon Chjun Xoning “Parazitlar” filmiga berilishini tanqid qildi.

“Joriy yilda kinoakademiya rasvo mukofot topshirdi. G‘olib Janubiy Koreyadan. Jin ursin, u yerda nimalar yuz beryapti? Bizda Janubiy Koreya bilan savdoda muammolar talaygina bo‘lgan bir vaqtda ular yilning eng yaxshi fimi uchun mukofotni ularga bermoqdalar. Bu to‘g‘rimi? Bilmadim. Keling, “Shamollarda qolgan hislarim”ni qaytaraylik, iltimos. G‘olib esa Janubiy Koreyadan. Men bu filmni eng yaxshi xorijiy film deb topildi, deb o‘ylagandim. Yo‘q, bunday emas ekan. Umuman avval bunday holat bo‘lganmi?”, deb aytganTramp Kolorado shtatidagi mitingda.

“Parazitlar” filmi joriy yilda “Eng yaxshi film” yo‘nalishida “Oskar”ga loyiq topilgandi. “Oskar” tarixida birinchi bor bosh mukofot ingliz tilida suratga olinmagan filmga topshirildi. Film, shuningdek, eng yaxshi rejissyor, eng yaxshi ssenariy va eng yaxshi xorijiy film yo‘nalishlarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Film rejissyori, aktyorlari va suratga olish jamoasini shaxsan Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In muborakbod etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Janubiy Koreya filmiga bosh “Oskar” berilganini tanqid qildi