09:40 / 21.02.2020
2 644

AQSHning Yuta shtatida ko‘pxotinlik uchun 5 yil qamoq jazosi o‘rniga jarima belgilanmoqda

AQSHning Yuta shtatida ko‘pxotinlik uchun 5 yil qamoq jazosi o‘rniga jarima belgilanmoqda
Yuta shtatining Solt-Leyk-Siti shahrida ko‘pxotinlik qonuniylashtirilishini talab qilayotgan olomon. 2017 yil 10 fevral
Foto: AP Photo

AQSHning Yuta shtati Senati ko‘pxotinlikni jinoyat emas, balki qonunbuzarlik sifatida qayd etilishiga rozilik berdi. Senatorlar bir ovozdan ma’qullagan qonun loyihasida ko‘pxotinlik uchun 750 dollar jarima va jamoatchilik ishlariga jalb etish jazosi tayinlanadi, deb yozmoqda Reuters. Shtatning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, ko‘pxotinlik jinoyati uchun besh yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi.

Qonun loyihasi hammuallifi, senator Deydre Xendersonning aytishicha, bunda gap ushbu vaziyatni to‘liq qonuniylashtirish haqida ketmayapti. «Firibgarlarcha ko‘pxotinlik» ya’ni bir nechta odam bilan ularni ogohlantirmasdan nikohdan o‘tish yoki voyaga yetmaganlar bilan turmush qurish jinoyat bo‘lib qolaveradi. Bir nech yil avval Yuta bosh prokurori ko‘pxotinlik uchun sudda ishtirok etishni rad qilishini ommaviy ravishda ma’lum qilgan, biroq qonun bo‘yicha ko‘pxotinlik jinoyat deb baholanishda davom etayotgandi.

Yuta shtati Kapitoliysi
Foto: Reuters

Yuta shtatida taxminan 30 ming nafar fuqaro poligamiya (ko‘pxotinlik, ko‘perlik) sharoitida hayot kechiradi, deya yozgan USA Today. Ularning aksar qismini xristianlik diniga e’tiqod qiluvchi mormonlar tashkil etadi. Mormonlar jamiyati Yutada 1847 yilda tashkil qilingan. 1890 yilda ular ko‘pxotinlikdan voz kechgan va Yuta gubernator va congress vakillarini saylaydigan shtatga aylangandi (ungacha hududga bunday huquqlar berilmagan). Shundan beri mormonlar cherkovi ko‘pxotinlikni qoralab keladi. Qarorgohi shtat markazi hisoblanuvchi Solt-Leyk-Siti shahrida joylashgan tashkilot yetakchilari ushbu illatdan uzoqroq bo‘lishga urinib keladi.

Ammo XX asr boshlarida poligamiyadan uzoqlashganlar Fundomental cherkovga asos soldi. Ko‘pxotinlik rad qilingach «Birlashgan apostol birodarlari» oqimi ulardan ajralib chiqdi. Shtat hududida mormonlar e’tiqodiga zid ravishda poligamiyani inkor etmaydigan guruh paydo bo‘ldi.

Senator Xenderson Reuters nashriga bergan intervyusida, ko‘pxotinlik uchun jazolash amaliyoti hech qachon to‘xtamagan va bu fuqarolarni qo‘rqitadi. Uning raqiblari amaldagi qonunni o‘zgartirmaslik zarurligi, ko‘pxotinlik ayollar va bolalar uchun xavf tug‘dirishi, shuningdek bu qizlarni o‘zidan ancha yoshi katta odamga turmushga chiqishga majburlash holatlarini keltirib chiqaradi.

«Ushbu tashabbus bilan kattalarga kelishuv asosida o‘zlari istagan ishni qilish huquqini berishmoqchi. Aslida e’tiqod va farzandlar tarbiyasi qanday kechishi borasida bosh qotirish lozim», — deyiladi poligamiyaga qarshi kurashuvchi Sound Choices Coalition tashkilotining bayonotida.

Ko‘pxotinlik uchun kurashayotgan guruhlar ham qonun loyihasiga o‘z noroziligini bildirgan, ularning fikriga ko‘ra holatni jinoyat emas deb topilishi, vaziyatni yengillashtirmaydi. Fox13 nashri poligamiya tarafdorlari bo‘lgan guruhning qonun loyihasiga keskin qarshi chiqqani haqida yozgan. Guruh fikricha, ko‘pxotinli odamlar baribir o‘zlarini jamiyatning ikkinchi navli odamlari deb hisoblashda davom etadi. Solt-Leyk-Siti jamiyati ko‘pxotinlik qonuniy qilinishi kerak deb hisoblamoqda.

Yuta shtati senati ma’qullagan loyiha endi shtat vakillar palatasi tomonida qabul qilinishi kerak va shunda qonunga aylanadi. Reuters xabari bo‘yicha, palata loyihani ko‘rib chiqish jarayonida senatdan ko‘ra keskinroq bahslar olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Yuta shtatida ko‘pxotinlik uchun 5 yil qamoq jazosi o‘rniga jarima belgilanmoqda