13:20 / 21.02.2020
4 388

Koronavirusga qarshi vaksina qachon sinovdan o‘tkazilishi ma’lum qilindi

Koronavirusga qarshi vaksina qachon sinovdan o‘tkazilishi ma’lum qilindi
Foto: «Yandex»
Xitoyda yangi tipdagi koronavirusga qarshi vaksina aprelning oxirigacha klinik sinovdan o‘tkazilmaydi, deydi XXR Fan va texnologiya vazir o‘rinbosari Syuy Nanpin juma kuni bo‘lgan o‘tgan matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Xitoyda vaksina ishlab chiqarish asosan boshqa davlatlar bilan bir vaqtda olib borilmoqda.

O‘z navbatida XXR Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi boshliq o‘rinbosari Szen Isin Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarning ayrim turlari allaqachon hayvonlarda sinovdan o‘tkazila boshlanganini ta’kidlagan.

Uning izohlashicha, vaksinani ishlab chiqarish nihoyatda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon. COVID-19 – mutlaqo yangi kasallik ekanligi inobatga olinadigan bo‘lsa, uni ishlab chiqarish jarayonida ko‘plab noma’lum omillar yuzaga chiqadi.

Szen Isinning aytishicha, mutaxassislar mos virus shtammini tanlashdan oldin faol tarkibiy qismlarni aniqlab olishi, so‘ngra ishlab chiqarish texnologiyasi va sifat nazoratini tashkil etish, qator tajribalar o‘tkazish, jumladan, hayvonlarda sinab ko‘rish, xavfsizlik tomonlarini ekspertiza qilish zarur. Shundan keyingina vaksinani klinik sinovdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi, deb yozadi «RIA Novosti».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi vaksina qachon sinovdan o‘tkazilishi ma’lum qilindi