14:00 / 21.02.2020
3 632

Prezident o‘zi bilan bir kunda tug‘ilganlarni yubileyni birga nishonlashga taklif etdi

Prezident o‘zi bilan bir kunda tug‘ilganlarni yubileyni birga nishonlashga taklif etdi
Foto: «Nasha gazeta»
Shveysariya prezidenti Simonetta Sommaruga o‘zi bilan bir yil va bir sanada tug‘ilgan barcha vatandoshlarini yubileyni birga nishonlashga taklif etdi, deb yozmoqda «The Local»ga tayanib "Xabar" nashri.
Mamlakat Sotsial-demokratlar partiyasi vakili, prezident Simonetta Sommaruga shu yilning 14 may kuni 60 yoshga to‘ladi.

Sommaruga ushbu sanani Bern atrofidagi manzillardan birida qarshilash niyatida. Yubileyga shu kuni 60 yoshga to‘ladigan barcha shveysariyaliklar taklif etildi. Xohlovchilar maxsus saytda, pasport nusxalarini ilova qilgan holda, ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shveysariyada 1960 yili 94 372 kishi dunyoga kelgan, ya’ni bir kunga 258 kishi to‘g‘ri keladi. Demak, prezident Sommaruga taxminan shuncha odamga atab dasturxon yozish tadorigini ko‘raversa ham bo‘laveradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prezident o‘zi bilan bir kunda tug‘ilganlarni yubileyni birga nishonlashga taklif etdi