Foto: AP Photo
Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida 899 kishi koronavirus bilan kasallandi, vafot etganlar soni esa 118 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.
Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 75 465 kishiga yetgan, vafot etganlar soni esa 2236 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, yana 28 804 kishi koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan.
Virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida esa bir sutka davomida 631 kishi koronavirus bilan kasallangani aniqlangan, vafot etganlarning 115 nafari ham ushbu provinsiya hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 19 fevral kuni Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 23 yanvardan buyon eng past ko‘rsatkichni qayd etgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada ham COVID-19 koronavirusiga chalingan bemor vafot etgan. 19 fevralda Eron hukumati vakillari mamlakatda ikki nafar odamning koronavirus oqibatida vafot etganini tasdiqlagan. Diamond Princess kemasidagi ikki kishi koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilingan. Ularning ikkovi ham yaponiyalik 87 yoshli erkak va 84 yoshli ayol. Avval Fransiyada xitoylik 80 yoshli sayyoh olamdan o‘tgan, Yaponiyada 80 yoshli ayol koronavirus qurboniga aylangan, Tayvanda esa koronavirus 60 yoshli erkakni hayotdan olib ketgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi