06:30 / 22.02.2020
4 001

Lukashenko Putinning “kutilmagan” taklifi haqida gapirdi

Lukashenko Putinning “kutilmagan” taklifi haqida gapirdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Moskva Minskka chegirmali narxda neft sotishni davom ettiradi. Belarus neft uchun bojxona to‘lovlarini kamaytirganligi uchun $300 mln kompensatsiya oladi.

Belarusning Belta nashri xabariga ko‘ra, mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkoasbining taklifini “kutilmagan” deb aytgan.
Neft masalasiga kelsak, Rossiya neftni biz uchun o‘tgan yilga moliyaviy darajada (narxda) saqlab qoladi. Bu ozgina bo‘lsada, oldinga siljish bo‘ldi. Biz hozir hammasini hisobga olyapmiz”, — dedi prezident.

Lukashenkoning so‘zlariga ishonsak, Putinning taklifi haqiqatdan ham kutilmagan: fevralning boshida Minsk Rossiya neftini jahon bozori narxida sotib olishini ma’lum qilgan edi. Bir marta Lukashenko “har yangi yilda biz neft mahsulotlari uchun tiz cho‘kishdan charchadik” deb bayonot bergan edi.

Yanvar oyida Belarus Norvegiyadan 80 ming tonna neft sotib olgan edi. Bu unga har tomonlama qimmatga tushadi: tashish, saqlash, tannarx. 1 fevral kuni AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo Minskka tashrifi chog‘ida Qo‘shma Shtatlar energokompaniyalari mamlakatni 100 % neft bilan ta’minlashi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

2019 yilda Rossiya Urals neftini bozor narxidan 20% arzonroqqa yetkazib bergan edi. 2019 yilning yanvar-noyabr oylarida $50 atrofida rus nefti xarid qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Putinning “kutilmagan” taklifi haqida gapirdi