11:45 / 22.02.2020
6 731

«Vazirlarning bezangan xotinlari, o‘ynashlari shunchalik ko‘pki...»

«Vazirlarning bezangan xotinlari, o‘ynashlari shunchalik ko‘pki...»
«Foiz», «tuhfa», «bakshish», «kir», – korrupsiyani mahalliy jargonda qanday atashmasin, mazmun o‘zgarmay qolaveradi, – korrupsiya osiyoliklarning hayot tarzining jihatlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Odamlar tuhfani ochiqchasiga qabul qilaveradi, bu ularning hayotining bir qismi.

Vazirlar va mansabdor shaxslar o‘z maoshlariga ularning holati talab qiladigan darajada yashay olmaydi. Lavozim qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning uylari ham shunchalik baland, o‘z erlarining mavqe’i va ta’siriga ko‘ra qimmatbaho buyumlar bilan bezangan xotinlari, o‘ynashlari va yo‘ldosh ayollari shunchalik ko‘p. Bunday mamlakatlarda biznes bilan shug‘ullunuvchi singapurliklar bunaqa odatlarni uyga olib kelmaslik uchun hushyor bo‘lishlari lozim.

1985 yil martidagi budjet muhokamasi chog‘ida men muxolifat bilan vazirlarning maoshini oshirish borasida bahslashdim. Parlamentning ishchilar partiyasi a’zosi D.B.Jeyaretnam mening oylik maoshimni (29,000 Singapur dollari) Malayziya bosh vaziriniki (10,000 Singapur dollari) bilan taqqosladi.

Men taqqoslash uchun qo‘shimcha misol keltirib, Filippin prezidenti Markosning oylik maoshi atigi 1,000 Singapur dollari ekanligini, 150 millionlik aholini boshqaradigan Indoneziya prezidentining oylik maoshi esa 2,500 Singapur dollari ekanligini aytdim. Shunga qaramay ular mendan ko‘ra ancha boy edi.

Indoneziya yetakchisi iste’fodan keyin ham qarorgohini saqlab qolardi; Malayziya bosh vaziriga uy yoki uni qurish uchun yer berilardi; mening rasmiy qarorgohim esa hukumatga tegishli edi. Menda hech qanday imtiyoz, avtomobil, haydovchi, bog‘bon, oshpaz va boshqa xizmatkorlar yo‘q edi. Men bosh vazir va boshqa vazirlar har oyda ma’lum summani olishi va uni nimaga ishlatishni o‘zlari hal qilishlarini belgilab qo‘ygandim".

Bu ko‘r-ko‘rona egalitarizmdan yaxshiroq.
Li Kuan Yu

Tashqarida telegram kanalidan olindi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Vazirlarning bezangan xotinlari, o‘ynashlari shunchalik ko‘pki...»