00:23 / 23.02.2020
4 050

Xavflar ostida qolayotgan janob Amerika Qo‘shma Shtatlari

Xavflar ostida qolayotgan janob Amerika Qo‘shma Shtatlari
Foto: Google Photos
Amerikalik iqtisodchi Nuriel Rubini The Project Syndicate nashrida moliyaviy inqirozlar to‘fonga o‘xshaydi va ular siyosiy, iqtisodiy xatolar hamda moliyaviy zaifliklarning to‘planib borishi natijasida yuz beradi, deb yozadi.

Vaqti-vaqti bilan tizimda nosozliklar kuzatiladi, tub burilishlar bo‘ladi, yuksalish halokat bilan o‘rin almashadi, pufaklar yoriladi.
Iqtisodiy va siyosiy xatarlar qatoriga geosiyosiy, moliyaviy inqirozlar ham qo‘shildi. 2008 yildan buyon esa bunday vaziyat kuzatilmagan edi.

Avvalo, AQSH Xitoy, Rossiya, Eron va Shimoliy Koreya davlatlari bilan keskinlashib borayotgan raqobatga kirishdi. Bu mamlakatlar esa AQSH o‘rnatgan tartiblarga zarba berishdan manfaatdor va 2020 yil ular uchun muhim yildir. Chunki AQSHdagi prezidentlik saylovi va kimning prezident bo‘lishi ular uchun muhim siyosiy voqeadir.

Tramp prezident ekan, uning ma’muriyati bu davlatlarni iqtisodiy va boshqa choralar yordamida jilovlab turishga intilmoqda. Ular esa AQSHni xalqaro va ichki siyosatda zaiflashtirishga urinmoqda. Basharti AQSHdagi saylovlar ichki nizolarga aylanib ketsa, bu muxolif davlatlar uchun ayni muddao bo‘ladi.

Shuningdek, ayrim davlatlar, misol uchun Eron Trampning ikkinchi muddatga saylanmasligidan manfaatdor. Agar Eron-AQSH urush xavfi kelib chiqsada, Trampga qarshi tish tirnog‘i bilan qarshi turishga tayyor. Neft bahosining ehtimoliy Eron-AQSH urushi natijasida oshib ketishi AQSH fond bozorining orqaga ketishiga va Tramp saylanmasligiga olib keladi. Bu yil Eron va AQSH o‘rtasida urush kelib chiqish ehtimoli borligi sababli, hozirgi vaziyat cho‘ziladigan urushdan oldingi jim-jitlikdir.

AQSH va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarga kelganda ularning yaqinda savdo urushlari borasida vaqtinchalik kelishuvi birinchi bosqichi uchun bitimi – o‘ziga xos bo‘lgan kovaklarni berkitish siyosatidir. Texnologiyalar, moliya, sarmoya, ma’lumotlar va valyuta uchun kurash tobora keskinlashib bormoqda. Covid-19 virusining tarqalishi esa AQSH uchun Xitoyni jilovlashga yangi kuch berdi. Yaqin kelajakda bu epidemiya yanada jiddiyroq tus ola boshlasa, Xitoy iqtisodiyotidagi uzilishlar dunyoviy ishlab chiqarish zanjirlariga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu esa moliya bozoriga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Ayrim Xitoy rahbarlari mamlakatda birdaniga qush, cho‘chqa va Covid-19 grippining tarqalishi bejiz emas deb hisoblamoqda. Gonkongdagi siyosiy tartibsizliklar, Tayvandagi mustaqillik harakatlari tarafdori bo‘lgan yangi prezident va AQSHning sharqiy va janubiy Xitoy dengizlaridagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari Xitoyni tashvishlantirib qo‘ygan.

Umuman olganda, Xitoyning ochiq agressiyaga o‘tishi haqiqatdan yiroq. Lekin kiberurushga izn berish ehtimoli mavjud. Xitoylik xakerlar AQSHdagi prezidentlik saylovlarini nishonga olishi mumkin. Amerikaliklar feyk xabarlar va dezinformatsiya ta’sirida qolish ehtimoli bor. Qutblashgan amerikalik saylovchilar saylov natijalari borasida AQSH ko‘chalariga chiqsa, voqealar rivoji qanday tus olishini tasavvur qilish mumkin.

Eron, Xitoy, Rossiya, Shimoliy Koreya mamlakatlari g‘arb va AQSH moliya tizimlari, shuningdek, Jahon banklararo kommunikatsiya tizimlariga hujum uyushtirishi mumkin. Yevropa Markaziy banki raisi Kristina Lagard kiber hujumlar moliya bozoriga 645 milliard dollar zarar yetkazishi ehtimoli haqida ogohlantirib o‘tdi. AQSHda ham shunday voqea yuz bermaydi deb hech kim kafolat berolmaydi.

Keyingi yilda AQSH-Xitoy nizosi keskinlashishi, sovuq urush issiq urush tusini olishi mumkin. Xitoy iqtisodiyoti koronavirusdan jiddiy zarar ko‘rar ekan, urush uchun tashqi bahona izlash xitoyliklarni tinchlatirishga sabab bo‘ladi. Natijada, Xitoy o‘z harbiy diqqatini Vetnam, Gonkong, Tayvan va AQSHning Xitoy dengizlaridagi harbiy kuchlariga qaratadi. Bu esa harbiy to‘qnashuvlar yuzaga keladi deganidir.

Xitoy moliyaviy «yadro bombasi» – AQSH obligatsiyalarini ishga solishi mumkin. Amerika valyutasi Xitoy zaxiralarining ulkan qismini tashkil etadi, Xitoy esa AQSH hukumati ularni muzlatib qo‘yishidan xavotirga tushmoqda. Bu ham keskinlikka olib kelishi mumkin. Xitoy ham Rossiya kabi hozirda oltin sotib olishni ko‘paytirmoqda. Natijada oltin narxi 2019 yildagiga nisbatan 30 foziga qimmatlashdi. Agar mazkur siyosat (oltin sotib olish) kuchaytirilsa, AQSH rivojlanishi sustlashadi.

AQSH ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. Aks ta’sir sifatida mazkur davlatlarga iqtisodiy va siyosiy bosimni kuchaytirmoqda. Ustiga ustak AQSH eng taraqqiy etgan kiber salohiyatga ega. Bu yil to‘rt raqibiga qarshi kiber hujumlari ham kuchayishi mumkin. Oqibatda birinchi kiber urushi xavfi yuzaga keladi.

Bundan tashqari, 2020 yilda geosiyosiy keskinliklardan tashqari iqlimiy o‘zgarishlar tufayli yuz beradigan ekologik halokatlar xatari ham mavjud. Bu esa barchaga birdek zarar keltiradi.

Iqlim o‘zgarishidan tashqari, seysmik hodisalar – yer magnit qutblarining o‘zgarishi, ummon oqimlarining tezlashayotgani ham kuzatilmoqda. Bularning barchasi ekologik halokatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Antarktida va Grenlandiya muzliklarining erishi ekologik xavf bo‘lib, suvosti vulqon harakatlarining faollashgani okean suvlarining oksidlanishi va dunyo baliq zaxiralarining tugashiga olib keladi.

Bu xatarlar 2020 yildan nima kutish mumkinligini izohlaydi. Hozircha esa dunyo moliya bozorlari bu yil omadli keladi deb umid qilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xavflar ostida qolayotgan janob Amerika Qo‘shma Shtatlari