07:00 / 23.02.2020
3 699

Amerikalik musulmonlar prezident saylovida kimga ovoz beradi?

Amerikalik musulmonlar prezident saylovida kimga ovoz beradi?
AQSH Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Berni Sandersni mamlakatning eng yirik musulmon siyosiy tashkiloti rasman qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi. Bu haqda The Hill nashri xabar bermoqda.

AQSHda musulmon elektoratini faollashtirish bilan shug‘ullanadigan Emgage PAC tashkiloti keng qamrovli kampaniyasi munosabati bilan yahudiy siyosatdon Sandersni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi va musulmonlarni bo‘lajak saylovda unga ovoz berishga chaqirdi.

Senator Sanders boshqa nomzodlarga nisbatan Amerika barcha odamlar teng huquqli va yaxshi hayotga loyiq degan ishonchga asoslangan g‘oyalar majmuasidan iboratligini ko‘proq ko‘rsata oldi”, – deyiladi Emgage PAC bayonotida. Tashkilot prezidentlikka nomzodlarning barchasini batafsil o‘rganib chiqqan va faqatgina Sanders davlat rahbarligiga munosib degan xulosaga kelgan.

Emgage PAC yetakchilarining fikricha, amerikalik musulmonlar saylovda faol ishtirok etishlari va o‘z ovozlarini jamiyatgacha yetkazishlari kerak.
Men Emgage’dan yordam olishdan juda xursandman. Donald Tramp musulmon jamoalarimizni behurmat aylayotgan bir paytda biz musulmonlar va boshqa dindagi odamlarni siyosiy tizimimizga tortish uchun harakat qilmoqdamiz”, – dedi Berni Sanders.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik musulmonlar prezident saylovida kimga ovoz beradi?