09:23 / 23.02.2020
2 859

Erdo‘g‘an Putin, Makron va Merkel bilan Idlib mavzusini muhokama qilmoqchi

Erdo‘g‘an Putin, Makron va Merkel bilan Idlib mavzusini muhokama qilmoqchi
Foto: AP
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyaning Idlib viloyatida yuz berayotgan to‘qnashuvlar uchun “urush” so‘zini qo‘llash mumkinligini aytgandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 5 mart kuni Rossiya va Fransiya prezidentilari Vladimir Putin va Emmanyuel Makron hamda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyatni muhokama qilmoqchi. U Izmir shahrida qilgan chiqishi chog‘ida ana shunday bayonot berdi.

"Idlib mavzusi "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi o‘tkazilgan Afrin va boshqa hududlar kabi muhim hisoblanadi. Bu mavzu bo‘yicha janob Putin hamda Merkel va Makronga qat’iyligimizni aytdim. 5 mart kuni Putin, Makron va Merkel bilan uchrashamiz va bu mavzuni yana muhokama qilamiz", - dedi Erdo‘g‘an.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyaning Idlib viloyatida yuz berayotgan to‘qnashuvlar uchun “urush” so‘zini qo‘llash mumkinligini aytgandi.
Turkiya mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Idlibda havo hujumi vaqtida 2 nafar turk harbiysi halok bo‘lgan, yana 5 nafari yaralangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an Putin, Makron va Merkel bilan Idlib mavzusini muhokama qilmoqchi