13:43 / 23.02.2020
3 220

Tramp o‘zi bosh rolda bo‘lgan Bollivud filmlari qabilidagi videoni e’lon qildi

Tramp o‘zi bosh rolda bo‘lgan Bollivud filmlari qabilidagi videoni e’lon qildi
Tramp Bollivud filmi asosida ishlangan va bosh qahramon rolida o‘zi aks etgan rolikni tvitterda 23 fevralda joylashtirgan.
AQSH prezidenti videoda “Baxubali: afsonaning paydo bo‘lishi” hind filmi bosh qahramoni qiyofasida namoyon bo‘lgan.

@Solmemes1 taxallusli foydalanuvchi tomonidan ishlangan rolik syujetiga ko‘ra respublikachi Tramp Demokratik partiyadagi raqibini mag‘lub etib, olqishlarga sazovor bo‘ladi.

Videoda qahramonlar qiyofasida, shuningdek, Trampning rafiqasi Melaniyani, qizi Ivankani turmush o‘rtog‘i Jared Kushner bilan hamda Hindiston bosh vaziri Narendra Modini rafiqasi bilan birga ko‘rish mumkin.

Videoga izohda u Trampning 24-25 fevral kunlari Hindistonga amalga oshiradigan safariga bag‘ishlangani aytilgan.

Tramp Twitter ijtimoiy tarmog‘ining faol foydalanuvchisi hisoblanadi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali AQSH va dunyoda yuz berayotgan siyosiy hamda ijtimoiy voqealarga o‘z munosabatini bildirib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp o‘zi bosh rolda bo‘lgan Bollivud filmlari qabilidagi videoni e’lon qildi