14:55 / 23.02.2020
2 447

Istanbulda Idlib bo‘yicha 4 tomonlama sammit bo‘lib o‘tadi

Istanbulda Idlib bo‘yicha 4 tomonlama sammit bo‘lib o‘tadi
Foto: Oliver Weiken / dpa / Global Look Press
5 mart kuni Istanbulda Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha 4 davlat yetakchisi ishtirokida sammit bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya, Turkiya, Germaniya va Fransiya yetakchilari ishtirok etadi.
NTV kanalining xabar berishicha, bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

Angela Merkel va Emmanyuel Makron 20 fevralda Vladimir Putinga Erdo‘g‘an bilan birga Idlibdagi inqirozni muhokama qilishni taklif qilgan. 2018 yil oktabrda ham ular ishtirokida Suriya bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tgan.

21 fevralda Erdo‘g‘an va Putin telefon orqali Idlibdagi vaziyatni muhokama qilishgan. Ta’kidlanishicha, Turkiya yetakchisi suhbat davomida rossiyalik hamkasbiga Sochidagi kelishuvlarga amal qilish, Suriya prezidenti Bashar Asad qo‘shinlarini to‘xtatish va Suriyadagi gumanitar inqirozga barham berish lozimligini eslatgan.

Idlibdagi vaziyat fevral boshida Rossiya va Turkiya harbiylari o‘t ochishni to‘xtatishga urinishni amalga oshirgan bir vaqtda terrorchilar o‘z hujumlarini kuchaytirgandan keyin keskinlashib ketdi.

11 fevralda Suriya muxolifati turk harbiylari ko‘magida Idlibdagi hukumat qo‘shinlariga hujum boshlagan. O‘z navbatida Suriya armiyasi otryadlari Rossiya ko‘magi bilan bu hujumlarni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda Idlib bo‘yicha 4 tomonlama sammit bo‘lib o‘tadi