23:20 / 23.02.2020
3 798

Putin Rossiya armiyasini zamonaviy qurollar bilan jihozlash haqida gapirdi

Putin Rossiya armiyasini zamonaviy qurollar bilan jihozlash haqida gapirdi
Foto: Ria Novosti
TASS agentligi xabariga ko‘ra, RF prezidenti rossiyalik harbiylar eng zamonaviy qurollar, shu jumladan, lazerli va gipertovushli komplekslarga ega bo‘lishi haqida aytib o‘tgan.

«Biz bundan keyin ham armiya va flotimizni yanada zamonaviylashtirishga harakat qilamiz, bu strategik kuchlar salohiyati mustahkamlash, barcha turdagi qo‘shinlarni eng zamonaviy qurollar va texnikalar, jumladan, lazerli, gipertovushli komplekslar, yuqori aniqlikdagi tizimlar bilan ta’minlash deganidir», — degan Putin.

U rossiyaliklarning ko‘plab qurollarining jahonda muqobili yo‘qligini ta’kidlab o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qurollarning barchasi istiqbolda ham Rossiyaning xavfsizligini ta’minlaydi.

Bundan avvalroq Putin rossiyalik olimlarning yadro qurolini almashtirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari haqida gapirgandi.
«Bu yangi fizik qurol bo‘lishi mumkin. (...) Yadroviy maqom abadiy emas. Tosh asri tosh tugab qolgani uchun emas, yangi texnologiyalar paydo bo‘lgani uchun tugagan», — degandi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Rossiya armiyasini zamonaviy qurollar bilan jihozlash haqida gapirdi