15:45 / 24.02.2020
3 785

Turkmanistonda qariyalar Prezidentni kutib olish repetitsiyasida soatlab mashq qildirildi

Turkmanistonda qariyalar Prezidentni kutib olish repetitsiyasida soatlab mashq qildirildi
Turkmanistonning Turkmanobod shahrida qariyalar Gurbanguli Berdimuhamedovni kutib olish marosimi repetitsiyasida soatlab mashq qildirildi deb yozadi "Xabar" nashri.

Gurbanguli Berdimuhamedov 21 fevral kuni shaharga kelgan va yangi masjid ochilish marosimida ishtirok etgan. Bunga qadar bir hafta davomida shahar hokimiyati jamoat joylarini tartibga keltirish va markaziy ko‘chalarni ta’mirlash bilan band bo‘ldi. Eski masjid hovlisida esa qariyalar har kuni kutib olish marosimiga tayyorgarlik ko‘rdi. Ularning har biri nima qilishi lozimligini yoddan bilishi shart bo‘lgan.

Prezident kelishidan bir kun oldin qariyalarni repetitsiyaga chaqirishgan. Repetitsiya kech soat 17:00dan tungi soat 23:00ga qadar davom etgan. O‘tgan vaqt davomida qariyalarga na ovqatlanib olishga va na suv ichishga ruxsat berilgan. Ularning eng hurmatlilari Berdimuhamedov bilan shaxsan ko‘rishishi, qishloq oqsoqollari esa orqada jimgina turishi kerak bo‘lgan.

Repetitsiya vaqtida qariyalardan biri hushidan ketib qolgan. U qandli diabet bilan og‘rigani ma’lum qilinmoqda. Ammo o‘sha holatda ham milliy xavfsizlik vazirligi xodimlari qariyaga yordam berishni taqiqlagan va barchaga o‘z joyida turishni buyurgan.

Hushidan ketgan qariya politsiya xodimlari tomonidan tashqariga olib chiqilgan va faqat o‘sha yerda tibbiyot xodimlari yordam berishiga ruxsat etilgan.

Ammo shuncha mashaqqatga qaramay Gurbanguli Berdimuhamedovni kutib olish uchun faqat bir necha qariyalar borgan holos. Qolganlarga masjid binosining ikkinchi qavatida kutib turish buyurilgan. Faqatgina hayriya dasturxoni haqida telereportaj tayyorlanayotgan vaqtda pastga tushishga ruxsat etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda qariyalar Prezidentni kutib olish repetitsiyasida soatlab mashq qildirildi