19:50 / 24.02.2020
2 610

Rossiya Ichki ishlar vazirligi jinoyatchilarni tatuirovka va yurish-turishi orqali qidira boshlaydi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi jinoyatchilarni tatuirovka va yurish-turishi orqali qidira boshlaydi
Kuzatuv kameralari jinoyatchilarni yurish-turishi va tatuirovkalar orqali aniqlashni boshlaydi. Tizim Rossiya Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilmoqda, deb yozadi Pravda.ruga tayanib Sof.uz.

Rossiyada biometrik qaydnomalarning federal ma’lumot tizimi (BQFMT) ishlab chiqilmoqda. Bu tizim huquq-tartibot idoralari xodimlariga nafaqat jinoyatchilarning yuzlarini tanib olish, balki gumonlanuvchining tatuirovkasi va ko‘zning shox pardasi orqali uning shaxsini aniqlashga imkon beradi.

BQFMT taxminiy gumondor shaxsni qanday qilib aniqlashi haqida xabar berilgan. Mutaxassislar voqea joyidan dalillarni to‘plaganlaridan keyin ularni tizimga kiritadilar. Sun’iy intellekt tahlil qilishni boshlaydi so‘ng taxmin qilingan jinoyatchilarning ma’lumotlarini chiqarib beradi.

Agar tizimda zarur ma’lumotlar bo‘lsa, u holda yuzni aniqlash kameralariga fotosurat yuklanadi va mavjud ma’lumotlar mas’ul xodimlarga yuboriladi, dedi Rossiya biometrik jamiyati rahbari Danila Nikolayev.

Moskvada ushbu tizim budjet mablag‘i yordamida ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, davlat shahar ko‘chalarida kuzatuv kameralari va boshqa raqamli texnologiyalardan foydalanish huquqiga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ichki ishlar vazirligi jinoyatchilarni tatuirovka va yurish-turishi orqali qidira boshlaydi