21:52 / 24.02.2020
3 642

Xitoydan tashqarida ham koronavirus tarqalish xavfi dunyoni ostin-ustun qilmoqda

Xitoydan tashqarida ham koronavirus tarqalish xavfi dunyoni ostin-ustun qilmoqda
Osiyo va Yevropa bozorlari dushanba kuni faoliyat ko‘rsata boshlaganidan beri pastladi, neft narxi esa koronavirusning Xitoydan tashqarida shiddat bilan tarqalishi (Eron, Koreya, Italiya) tufayli barreliga 2 dollarga arzonladi.

Koreya hamda Italiya jahonning yirik iqtisodiyotiga ega davlatlar hisoblanadi, Eron esa yirik neft eksportyorlaridan biri. Investorlar AQSH bozorlari ochilishini kutishmoqda. Fyuchers bitimlarida S&P 500 va Dow Jones indekslari 2-3 %ga arzonladi.

O‘zi nimalar bo‘ldi
O‘tgan dam olish kuni koronavirusning yangi to‘lqini boshlandi: ikki kun ichida Xitoydan tashqaridagi koronavirus bilan bog‘liq holat ikki baravar ko‘paydi — 1200 dan 2619 kishiga.

Janubiy Koreya: dindorlar virus tashimoqda
Dunyodagi eng tez koronavirus tarqalayotgan joy Koreya Respublikasi hisoblanadi. Mamlakatda 833 ta holat aniqlangan, 7 nafari o‘lim bilan yakunlangan. Eng ko‘p holat mamlakat janubi-sharqidagi Tegu shahrida aniqlangan — u yerda faoliyat yuritgan “Iisus Sinchxondji cherkovi” diniy sektasi Koreyadagi koronavirusning o‘chog‘i sanaladi. Sektaning 9000 a’zosidan yarmi karantinga olingan.

Sekta rahbari Li Man-xi o‘lmaslikka da’vo qilib, izdoshlariga ham abadiy hayot va’da qilgan. Sekta a’zolaridan birida virus topilsa ham u shifoxonaga murojaat qilishdan bosh tortgan. So‘ngra virus a’zolar orasida shiddat bilan tarqalgan.

Italiya: mamlakat shimoli falaj bo‘ldi
Yevropadagi koronavirus epidemiyasi markazi Italiya bo‘lib turibdi. La Republicca italyan nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 211 holat qayd etilgan — ularning aksariyati shimoldagi markazi Milan bo‘lgan Lombardiya viloyati (165), Veneto viloyati (27)da aniqlangan. 4 kishi vafot etgan.

50 ming kishilik Milanga yondosh Lodi viloyatida karantin e’lon qilingan, Venetsiyadagi har yilgi karnaval qoldirildi.

Barchasi 18 fevraldan boshlandi. O‘shanda Lombardiyadagi kasalxonaga keltirilgan 38 yoshli erkakda koronavirus aniqlangan. Shifoxonadagi o‘nlab bemorlar va shifokorlar virusni yuqtirib oldi.

Mavjud vaziyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan amaldagi hukumatga muxolif huquq faollari Matteo Salvini boshchiligida bosh vazirni Afrika shimolidan kelayotgan muhojirlarga nisbatan yuritilayotgan yumshoq siyosatini tanqid qildi.

Italiya yanvar oyining oxirida Xitoyga bo‘lgan barcha parvozlarni taqiqlab qo‘ygan edi. Biroq xitoylik sayyohlar mamlakatga uchinchi mamlakatlar orqali kelishda davom etishayotgan edi.

Eron: eng yopiq epidemiya
Aholisi 80 milliondan ortiq bo‘lgan, Islom dinining shia masxabi markazi hisoblangan Eron Yaqin Sharq hamda Markaziy Osiyodagi epidemiya markaziga aylandi. Hukumatga yaqin bo‘lgan qariyb rasmiy Ilna axborot agentligi xabariga ko‘ra, Eron koronavirusining o‘chog‘i shialarning Qum shahrida (aholisi 1 mlndan ortiq) 50 dan ziyod odam koronavirusdan xalok bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 66 kishi virusni yuqtirib olgan, 12 kishi vafot etdi. Eron tufayli koronavirus Afg‘oniston, Iroq, Bahrayn, Quvaytga qadar yetib bordi.

Bozorlarning reaksiyasi
Dushanba kuni birinchi bo‘lib ochilgan Osiyo bozorlari — Kospi koreys indeksi 3.9 %, Shanghai Composite indeksi 0.28 % pasayish bilan haftani boshladi.

Yevropa Ittifoqining Stoxx Europe 600 indeksi 3.7 %, Britaniyaning FTSE 100 indeksi 3.3 %ga pasaydi. Yevropaliklar uchun bu 2016 yildan beri birinchi keskin tushish bo‘ldi.

Nyu-York fond birjasida savdolar 23:30 da (Toshkent vaqti) boshlanadi. Biroq Amerika indekslari ham tushishi kutilmoqda.
Dushanba kuni neft narxi 4 %ga arzonladi. Hozirda Brent bahosidagi neftning barreli $56,12 dan taklif qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoydan tashqarida ham koronavirus tarqalish xavfi dunyoni ostin-ustun qilmoqda