Foto: Reuters
Milliarder va Berkshire Hathaway bosh direktori Uorren Baffet CNBC telekanaliga bergan intervyusida Apple’ni dunyodagi eng yaxshi biznes, deb atadi. Bu haqda «RBK» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kompaniyani nafaqat Berkshire Hathaway’ga tegishli (taxminan 5,5 foiz) aksiyalar sifatida, balki xususiy biznes sifatida ham ko‘radi. «U aql bovar qilmaydigan kompaniya. Men unga avvalroq baho berishim kerak edi», — degan u.
Investor o‘zining Samsung telefonini yaqinda iPhone’ning so‘nggi modeliga almashtirganini tan olgan. Baffetning ta’kidlashicha, yaqinda unga bir nechta smartfonlar sovg‘a qilishgan bo‘lib, ulardan biri Apple rahbari Tim Kukdan edi. Shu bilan birga, milliarder aksariyat odamlar kabi gadjetning barcha xususiyatlaridan foydalanmasligini, ko‘pincha shunchaki qo‘ng‘iroq qilish uchungina foydalanishini aytgan.
Baffet, shuningdek, Xitoyda yangi turdagi koronavirusning tarqalishini izohlab, bu investorlar qarorlariga ta’sir qilmasligi kerakligini aytgan. «Bu sizning aksiyalar bilan qilayotgan ishingizga ta’sir qilishi kerak deb o‘ylamayman, ammo insoniyat nuqtai nazaridan bu dahshatli narsadir», — deya ta’kidlagan u.
Virusning Berkshire Hathaway’ga ta’siri haqida to‘xtalar ekan, milliarder sodir bo‘layotgan voqealar kompaniyaga ta’sir qilmasligi kerakligini aytgan. «Biz biznesni 20 yoki 30 yil davomida egalik qilish uchun sotib olamiz, 20 va 30 yillik prognoz koronavirus tufayli o‘zgarmadi, deb o‘ylaymiz», — deya qo‘shimcha qilgan Baffet. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi