20:00 / 25.02.2020
3 931

Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarida koronavirus aniqlandi

Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarida koronavirus aniqlandi
Foto: The Iran Project
Eron sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim vaziri o‘rinbosari Iroj Xarirchining koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija berdi. Bu haqda amaldorning o‘zi seshanba kuni ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «TASS»ga tayanib Daryo.

«Menda koronavirus aniqlanganini ma’lum qilmoqchiman. Kechadan buyon isitmam chiqayotgan edi, dastlabki tahlil menda virus borligini ko‘rsatdi», — deya vazir o‘rinbosarining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda ILNA agentligi. «Dushanbadan boshlab men o‘zimni o‘zim izolyatsiya qildim», — deya qo‘shimcha qildi u.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, «Eron kelgusi bir necha hafta ichida virus ustidan muqarrar g‘alabaga erishadi». «Mening ahvolim yomon emas, hammasi yaxshi. Faqat isitma bor», — dedi u.

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi 19 fevral, chorshanba kuni, mamlakatda koronavirus bilan kasallanishning ilk holatlari aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Bemorlar Qum shahrida aniqlangan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha Eronda 95 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 15 nafari vafot etgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarida koronavirus aniqlandi