Foto: REUTERS / Danish Siddiqui
Hindiston poytaxti Nyu-Dehli ma’muriyati shaharning shimolida tartibsizliklar yuz berayotgan tumanlarda komendantlik soati kiritdi.
Bu haqda Times of India nashri xabar berdi. Qat’iy choralar Majipur, Jafarobod, Chand Bagx va Qoroial Nahorda joriy qilinadi.
Ayni vaqtda Hindistonda parlament tomonidan fuqarolik haqidagi qonunga tuzatmalar qabul qilinganiga qarshi noroziliklar bo‘lib o‘tmoqda. Tuzatmalar Hindiston bilan qo‘shni davlatlar - Afg‘oniston, Pokiston va Bangladeshdan bo‘lgan nomusulmon qochqinlarga o‘z yurtlarida tahqirlashlarga uchrayotgan bo‘lsalar, Hindiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish imkonini beradi. Bu esa hindistonlik musulmonlarning noroziligiga olib kelgan.
Ular ushbu tuzatmalarni dunyoviy davlatda diniy mansublik bo‘yicha fuqarolarning kamsitilishi deb topib, ularni konstitutsiyaga zid deb hisoblashmoqda. Shuningdek, Hindistonning shimoli-sharqiy shtatlari ham o‘z noroziliklarini bildirmoqdalar. Ular endi hududlarida Bangladeshdan millionlab qochqinlar qo‘nim topishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda. Namoyishlar tashkilotchilarining fikricha, bu mahalliy aholi manfaatlariga xavf soladi.
Avvalroq Nyu-Dehlidagi Guru Ten Bahodur nomidagi gospital rahbari Sunil Kumar poytaxtdagi tartibsizliklarda 10 kishi halok bo‘lgani, 150dan ko‘proq odam jabrlanganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Nyu-Dehli politsiyasida kamida 56 politsiyachi yaralangani ma’lum qilingan.
Muxolifatning ta’kidlashicha, qonunga kiritilgan tuzatmalar tahqirlovchi xarakterga ega, chunki musulmonlarni fuqarolik olishdan mahrum qiladi. Tanqidchilarning fikricha, bu vaziyatda diniy mansublik fuqarolik olish sharti bo‘lmasligi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi