09:53 / 26.02.2020
3 406

Eronda koronavirusga uchragan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari himoya vositasisiz matbuot anjumanida qatnashgan (video)

Eronda koronavirusga uchragan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari himoya vositasisiz matbuot anjumanida qatnashgan (video)
Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iraj Xarirchida koronavirus kasalligi aniqlangan. E’tiborli tomoni, mutasaddi kasallik aniqlanishidan avval kasal holatida, isitma bilan ochiq matbuot anjumanida ishtirok etgan.

Anjuman davomida na u va na boshqa ishtirokchilarda himoya vositasi bo‘lgan. Tadbirdan so‘ng oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Iraj Xarirchida koronavirus borligi aniqlangan. Hozircha matbuot anjumanida ishtirok etganlar karantinga olingani haqida xabar berilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Iraj Xarirchi o‘zini u qadar yomon his qilmayapti, uni faqat isitma bezovta qilmoqda. Matbuot anjumani davomida ham u tez-tez peshonasidagi terni artayotganini ko‘rish mumkin.

Eron sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Kianush Jahonpurning ma’lum qilishicha, mamlakatda 95 kishi koronavirus bilan kasallangan bo‘lib, 16 kishi vafot etgan. Bu esa Xitoydan keyingi eng yirik yo‘qotishdir.
Eronda bir qator konsert va futbol uchrashuvlari qoldirilgan. Mamlakatning katta qismida maktab va universitetlar yopilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Slovakiya bosh vaziri Peter Pellegrinida ham koronavirus aniqlangani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ammo bu xabarlar rasman inkor etildi.

Kecha Yevropaning yana ikki davlati — Avstriya va Xorvatiyada koronavirusga uchragan ilk fuqarolar aniqlangan. Dunyo bo‘yicha 80.3 ming kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, 2,7 ming bemor kasallikdan vafot etgan. 27.7 ming kishi esa tuzalib ketgani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda koronavirusga uchragan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari himoya vositasisiz matbuot anjumanida qatnashgan (video)