16:21 / 26.02.2020
3 397

Sayyohlar uchun 2020 yilda eng xavfsiz bo‘lgan davlatlar ma’lum qilindi

Sayyohlar uchun 2020 yilda eng xavfsiz bo‘lgan davlatlar ma’lum qilindi
Foto: Pixabay
Fransiya sayyohlik sug‘urta kompaniyasi 2020 yilda sayohat qilish uchun eng xavfsiz 10 ta mamlakatni aniqladi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo nashri.

Ekspertlar tabiiy ofatlar, transport, sog‘liqni saqlash tizimlarining sifati, jinoyatchilik va terrorizm tahdidi darajasi to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plagan va Shveysariya 2020 yilda sayyoradagi eng xavfsiz mamlakat deb tan olingan.

U mukammal sog‘liqni saqlash tizimiga ega, zo‘ravonliklar va yo‘l-transport hodisalari kam, deya tavsiflangan. Ikkinchi o‘rinni Singapur egallagan. Qayd etilishicha, u birinchi o‘rinni olishi ham mumkin edi, lekin havo tozaligi bo‘yicha Shveysariya undan ustunlik qilgan.

Norvegiya 2020 yilda dunyoda eng xavfsiz uchinchi davlat deb tan olingan. To‘rtinchi o‘rinni Luksemburg va Kipr egallagan.
Ushbu reytingdagi o‘ntalikdan, shuningdek, Islandiya, Daniya, Portugaliya, Finlandiya va Yaponiya ham o‘rin olgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sayyohlar uchun 2020 yilda eng xavfsiz bo‘lgan davlatlar ma’lum qilindi