19:13 / 26.02.2020
4 823

Dunyoning “eng kuchli pasportlari” reytingida O‘zbekiston qaysi o‘rinni band etdi?

Dunyoning “eng kuchli pasportlari” reytingida O‘zbekiston qaysi o‘rinni band etdi?
“CeoWorld” jurnali 2020 yil uchun “Eng kuchli pasportlari” reytingini e’lon qildi.
199 mamlakat ishtirok etgan reytingda fuqarosi vizasiz dunyoning eng ko‘p mamlakatlariga tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan Yaponiya yana birinchi pog‘onani zabt etdi.

Qayd etilishicha, ushbu davlat fuqarolari 191 mamlakatga vizasiz borishlari mumkin. Ikkinchi o‘rinda Singapur pasporti bo‘lib, uning aholisi viza haqida o‘ylamasdan 190 davlatga sayohat qilishlari mumkin. Uchinchi o‘rinni Germaniya va Janubiy Koreyaning pasportlari egallagan bo‘lib, bu mamlakatlar aholisi 189 davlatga vizasiz kira oladi.

Reytingda O‘zbekiston 149 o‘rindan joy olgan. Yurtimiz aholisi 57 mamlakatga vizasiz kirishlari mumkin.
Ro‘yxatning so‘nggi pog‘onasini fuqarolari vizasiz 26 mamlakatga kirishi mumkin bo‘lgan Afg‘oniston egalladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning “eng kuchli pasportlari” reytingida O‘zbekiston qaysi o‘rinni band etdi?