22:28 / 26.02.2020
3 896

“Vahima qo‘zg‘atyapti” — Ashxobodda yuziga niqob taqqan ayol jarimaga tortildi

“Vahima qo‘zg‘atyapti” — Ashxobodda yuziga niqob taqqan ayol jarimaga tortildi
Foto: Xroniki Turkmenistana
Ashxobod politsiyasi o‘zini COVID-19 koronavirusidan himoya qilish uchun niqob kiyib ko‘chaga chiqqan odamni jarimaga tortdi, deya xabar beradi Farg‘ona axborot agentligi “Xroniki Turkmenistana” nashri ma’lumotlariga tayanib.

Agentlikning yozishicha, bir ayol kechqurun ishdan uyga qaytayotganida uning hujjatlarini tekshirish uchun politsiya to‘xtatadi, shunda hammasi joyida edi. Ammo keyin huquq-tartibot idoralari xodimlari nima uchun ayol niqobni taqqanini va bu hukumatning karantin choralariga ishonmasligini anglatishini aytadi. Politsiya xodimlari o‘zlari ham niqob taqmaganlarini ta’kidladi.

Politsiya ayolni vahima qo‘zg‘atyapti degan xulosaga keladi va 249 manat (rasmiy kurs bo‘yicha 71 dollar) jarima belgilaydi.
Ayolning pasporti garov sifatida olib qolinadi va ertasi kuni to‘lov qilganligi to‘g‘risida bank kvitansiyasi keltirganidan so‘ng berib yuboriladi.

“Xroniki Turkmenistana”ning yozishicha, mamlakatdan chetga chiqish rejimi yanada qattiqlashgan. Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning koronavirusga qarshi kurash to‘g‘risidagi 25 fevral kuni qilgan bayonotidan so‘ng “Turkman havo yo‘llari” Istanbul va Anqara reyslarini bekor qildi.

Turkish Airways Ashxobodga parvozlarni davom ettirmoqda, biroq samolyotlarda faqat xorijliklarga ruxsat berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Vahima qo‘zg‘atyapti” — Ashxobodda yuziga niqob taqqan ayol jarimaga tortildi