22:57 / 27.02.2020
4 057

Xitoyda koronavirusdan zararlanganlarga «taslim bo‘lish» uchun 1430 dollar va’da qilindi

Xitoyda koronavirusdan zararlanganlarga «taslim bo‘lish» uchun 1430 dollar va’da qilindi
Foto: Reuters
Xitoyning Syanszyan shahri ma’muriyati koronavirus epidemiyasi ortida odamlarga pul va’da qilib, ularni o‘z sog‘liqlarini tekshirtirishga chorlamoqda. Shifokor ko‘rigiga kelgan har bir odamga ming yuan (143 dollar), koronavirus aniqlanganlarga esa 10 ming yuan (1430 dollar) berish va’da qilinmoqda.

Xitoy shaharlari kasallanganlarni aniqlash usullarini takomillashtirish hisobiga koronavirusning yanada tarqalishini to‘xtatishga harakat qilishmoqda. Fevral boshida koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida joylashgan Fansyan uyezdida shifokor ko‘rigiga o‘z ixtiyori bilan keladigan har bir kishiga ming yuan, kasallanganlar haqida ma’lum qiladiganlarga esa 500 yuandan pul berish va’da qilingandi.

Keyinroq boshqa shaharlarda ham koronavirusga chalinganlar haqidagi ma’lumot uchun mukofot puli va’da qilina boshlangan. Misol uchun, Shitszyachjuan shahri ma’muriyati Uxandan yaqinda qaytgan odam haqida birinchi bo‘lib ma’lum qiladigan kishiga 2 ming yuan pul to‘lashga va’da qilgan. Nanchanda esa bunday ma’lumot uchun 500 yuandan taklif qilinmoqda.

Syanszyan shahri bu borada yanada ilgarilab, shifokorlarga ixtiyoriy ravishda “taslim bo‘ladigan” koronavirusga chalinganlarga 10 ming yuandan va’da qildi. Shuningdek, tekshiruvga keladigan har bir kishiga ming yuandan, “koronavirus yuqtirganlikka gumon qilinganlar”ga 2 ming yuandan pul berishga va’da qilingan.

Biroq ushbu pulni olish uchun ikkita shartni bajarish lozim: birinchisi, ko‘rikka o‘z ixtiyori bilan kelish; ikkinchisi, buni 2 martgacha amalga oshirish.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan kasallanganlar soni 78497 nafarni, vafot etganlar soni 2744 nafarni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda koronavirusdan zararlanganlarga «taslim bo‘lish» uchun 1430 dollar va’da qilindi