23:08 / 27.02.2020
4 176

Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi (foto)

Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi (foto)
Foto: diapazon.kz
25 fevral kuni Qozog‘istonning Aqto‘be oblasti hududida Karabutak-Kostanay trassasida ichida 45 yo‘lovchi - O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgan.

Hodisa vaqtida avtobus ichida bo‘lganlardan biri Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Chimkentdan Yekaterinburgga qarab yo‘lga chiqqan avtobus yo‘l muzlashi tufayli ag‘darilgan, uning ichida o‘ndan ortiq o‘zbekistonliklar bo‘lgan.

Yo‘lovchilar orasida jarohatlanganlar yo‘q. Mahalliy huquq-tartibot idoralari tashabbusi bilan yo‘l transport hodisasi ishtirokchilari mehmonxonaga joylashtirilgan.

Hozircha, ushbu hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Transport vazirligi biror bir munosabat bildirmagan.
Bundan avvalroq Qozog‘istondagi mahalliy nashrlar Aqto‘bedagi YTH haqida ma’lumot berib, avtobusdagi yo‘lovchilarning barchasi Tojikiston fuqarolari ekanini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi (foto)