20:30 / 28.02.2020
4 932

Erdo‘g‘anning maslahatchisi Turkiya Rossiya bilan urushishga tayyorligini aytdi

Erdo‘g‘anning maslahatchisi Turkiya Rossiya bilan urushishga tayyorligini aytdi
Foto: AP Photo / Ghaith Alsayed
Turkiya prezidentining maslahatchisi, xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha prezident qo‘mitasi a’zosi Mesut Haqqi mamlakat Rossiya bilan urushga tayyorligini ma’lum qildi. U bu haqda A Haber telekanali efirida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Suriya, Iroq, kurdlar yoki arablarning dushmani emas.
«Biz ular bilan og‘a-inimiz. Biz aka ukani o‘ldirmasligi uchun shu yerdamiz», — dedi u. Haqqi Moskva noto‘g‘ri yo‘ldan ketayotgani va Anqaraning ishonchini yo‘qotganini qo‘shib qo‘ydi.

Maslahatchi 25 million nafar musulmon yashaydigan Rossiya «ichidan tilka-pora bo‘lishi»ni aytdi.
«O‘tmishda biz Rossiya bilan 15 marta jang qilganmiz, buni yana qilamiz, qasosimiz dahshatli bo‘ladi», — dedi u.

Haqqi Suriyaning Idlib viloyatida 27 fevral kuni 33 nafar turk harbiysining halok bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotga ana shunday munosabat bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘anning maslahatchisi Turkiya Rossiya bilan urushishga tayyorligini aytdi