22:24 / 28.02.2020
3 739

AQSH Bosh prokurori: «Rossiyaga qarshi kurasha olamiz, Xitoyga qarshi kurashish esa ancha qiyin»

AQSH Bosh prokurori: «Rossiyaga qarshi kurasha olamiz, Xitoyga qarshi kurashish esa ancha qiyin»
AQSH Bosh prokurori Uilyam Barr Foto: justice.gov
Shu yilning 6 fevral kuni AQSH Bosh prokurori Uilyam Barr (AQSHda Adliya vazirligining boshlig‘i deyiladi) Xitoyga bag‘ishlangan konferensiyada nutq so‘zladi. AQSH oliy amaldori o‘z nutqi davomida Xitoyning jahondagi yetakchilik intilishi, uning AQSH uchun real tahdidlariga to‘xtaldi.

Ildiz kanalida tarjima qilingan AQSH Bosh prokurori nutqining birinchi qismini e’tiboringizga havola etamiz:
“Mening martaba yo‘lidagi ilk maqsadim Markaziy Razvedka Boshqarmasi (SRU)ga Xitoy bo‘yicha mutaxassis sifatida ishga kirish edi, shuning uchun men Kolumbiya universitetida o‘qishim jarayonida xitoy tilini o‘rgandim.

Esimda, bir kuni darslarning birida biz xorijiy raqiblarimizdan – Rossiya va Xitoying qaysi biri eng katta tahdid tug‘dirishi to‘g‘risida munozara qilgandik.

Bir kursdoshimning, vaqti kelib Xitoy juda katta xavf-xatar kasb etishi to‘g‘risidagi fikrini yaxshi eslayman. U shunday degandi:
Rossiya butun dunyoni bosib olmoqchi. Biz bunga qarshi kurasha olamiz. Xitoy butun dunyoni boshqarmoqchi. Bunga qarshi kurashish esa ancha qiyin”. Bu ayni haqiqat edi.

1972 yilda biz, Xitoyning xalqaro iqtisodiy tizimga qo‘shilishi Xitoy Xalq Respublikasini o‘z iqtisodiyotini liberallashtirishga undaydi, erkin bozor va iqtisodiy o‘sish esa asta-sekin xitoy xalqi uchun katta siyosiy erkinliklar olib keladi, deb ishongan edik.

Afsuski, iqtisodiy liberallashuv boshqa tomonga qarab juda chuqurlashib ketdi. Garchi alohida shaxslarga ayrim iqtisodiy erkinliklar berilgan bo‘lsa-da, Kommunistik partiya iqtisodiyotni avvalgidek qattiq nazorat qilib kelmoqda. Bu davlat hokimiyatining arxitekturasi bo‘lib, uning asosiy sifatlari markazlashtirilgan planlashtirish, davlat korxonalari va davlat subsidiyalari hisoblanadi.

Siyosiy jihatdan XXR diktaturaligicha qolmoqda, Kommunistik partiya elitasi hokimiyatdagi o‘z monopoliyasini juda ehtiyotkorlik bilan saqlab kelmoqda. Marksizm-leninizm va maoizm boshdan-oyoq avtoritar bo‘lgan kommunistik boshqaruvni to‘g‘ri deb topgan holda o‘z mavjudligini davom ettirib kelmoqda.

Kommunistik partiya o‘zining bir partiyali boshqaruviga nisbatan har qanday qarshilikni bostirish uchun shafqatsiz choralarni ishga solishga tayyor, u diniy tashkilotlarni yo‘q qilish bo‘ladimi, uyg‘urlarni birma-bir terib, ularni qayta tarbiyalash bo‘ladimi, Gonkongdagi ajralib chiqish harakatlarini bostirish bo‘ladimi, farqi yo‘q.

Sovuq urushdan keyin qisqa vaqt davomida biz bironta mafkura raqobatiga duchor bo‘lmagan demokratik kapitalizm xom-hayolini g‘olib mafkura sifatida juda erkalatib yubordik. Bu shunday davom etguncha, maroqli edi. Lekin biz hozir yangi global keskinlik va raqobat davrida turibmiz. Xitoy AQSHning raqobatdosh siyosiy va iqtisodiy falsafaga tayanuvchi 1-raqamli global raqobatchisiga aylandi.

Kommunizmdan bir necha asr oldin Xitoy o‘zini markaziy qirollik – dunyo markazi deb hisoblab kelgan. Uning ambitsiyalari bugungi kunda mintaqaviy emas, balki global xarakterga ega.

Bosh kotib Si Szinpin so‘zlariga ko‘ra, Kommunistik partiya a’zolari “o‘z sa’y-harakatlarini bir narsaga – kapitalizmdan ustun bo‘lgan sotsializmni qurishga zo‘r berib yo‘naltirishi” kerak.
“Bunday zo‘r berish partiya a’zolaridan, — ta’kidlaydi Si, — “o‘zining butun ruhiyati, butun hayotini sotsial oliy maqsadlarga bag‘ishlashni” talab qiladi. Bunday qurbonlikning mukofoti, Si va’da qilishicha, “kapitalizmning uzil-kesil halokati bo‘ladi”.

Men kursdoshimning Xitoy butun dunyoni egallamoqchiligi haqidagi fikrini eslab o‘tganimning sababi, bugun men Xitoyning iqtisodiy va texnologik ustunlikka intilishiga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Xitoyliklar ancha vaqtgacha tujjor kishilar bo‘lgan, lekin Xitoy uchun haqiqiy iqtisodiy muvaffaqiyat birdan-bir maqsad emas. Bu ancha keng siyosiy va strategik maqsadlarga yetish uchun vosita hisoblanadi. Xitoy o‘zining uzoq davrlik tarixi davomida har doim o‘z iqtisodiy qudratidan siyosiy va strategik maqsadlarga yetish yo‘lida bir qurol sifatida foydalanib kelgan.

2015-yilda Xitoy rahbariyati o‘zining “2025 yilgacha Xitoyda ishlab chiqarilgan” rejasini ishga tushirdiki, bu texnologik jihatdan hukmron davlat sifatida AQSHning o‘rnini egallashga qaratilgan kampaniya edi. Diktatura xitoy jamiyatining barcha elementlarini – hukumatni, korporatsiyalarni, barcha akademik doiralar va ularning mehnatsevar insonlarini – kelajakdagi asosiy texnologiyalarga ustunlik qilish bo‘yicha ulkan rejani amalga oshirish uchun safarbar qildi.

Ushbu tashabbus milliardlab dollar miqdoridagi subsidiyalar, keng ko‘lamli moliyalashtirish va asosiy texnologiyalarga qaratilgan katta sarmoyalarni ko‘zda tutuvchi sanoat siyosati bilan quvvatlantirib borilyapti.

Afsuski, bu o‘z ichiga sanoat josusligi, texnologiya va aqliy mulkni o‘g‘irlash, korrupsiyani ham qamrab oladi.
Unutmang – Xitoyning hozirgi texnologik yutuqlari o‘zida AQSH uchun misli ko‘rilmagan muammo ifodalab keladi.

O‘z to‘qqizinchi yuz yillikdan boshlab Qo‘shma Shtatlar innovatsiya va texnologiyalar sohasida dunyoda yetakchi edi. Aynan Amerikaning texnologik mahorati bizni taraqqiy va xavfsiz qildi. Bizning turmush darajamiz, yoshlarimiz va kelajak avlod uchun kengayib borayotgan iqtisodiy imkoniyatlarimiz, shuningdek milliy xavfsizligimiz – bizning doimiy texnologik peshqadamligimizga bog‘liqdir.

Bugun men oldimizda turgan vazifaning ikkita asosiy jihatiga to‘xtalmoqchiman. Birinchidan, Xitoy bizning texnologiyamizni o‘g‘irlash orqali o‘zining texnologik tashabbuslarini amalga oshirdi. Ikkinchidan, men nima uchun hozirda Xitoy 5G texnologiyasiga hukmron bo‘lishga urg‘u berayotganiga izoh bermoqchiman.

Totalitar davlatlarning markazlashtirilgan iqtisodiy planlashtirishda qatnashishi ba’zan afzallik bo‘lib ko‘rinadi, ayniqsa, bu bugun kuzatayotganimiz bunday texnologik blitskrigni safarbar qilishda yaqqol ko‘rinadi.

Kamchiligi shundaki, markazlashgan rejalashtirish texnologik innovatsiyalarni bo‘g‘adi. Katta-katta muvaffaqiyatli g‘oyalar uzoq yo‘llik ilg‘or texnologik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan biznikiga o‘xshash erkin jamiyatlarda vujudga keladi".

Davomi bor...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Bosh prokurori: «Rossiyaga qarshi kurasha olamiz, Xitoyga qarshi kurashish esa ancha qiyin»