Foto: Mikhail Klimentyev / REUTERS
Kreml Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uchrashuvini tashkillashtirish ustida ish olib bormoqda, deb ma’lum qildi Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat yetakchilari uchrashuvi 5 yoki 6 mart kuni Moskvada o‘tkaziladi.
Avvalroq Putin va Erdo‘g‘an yuzma-yuz uchrashishga kelishib olgani xabar qilingandi.
5 mart kuni Istanbulda Erdo‘g‘an, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Suriyaning Idlib provinsiyasida jiddiy eskalatsiya yuzaga kelgan: payshanba kuni kechqurungi havo hujumi oqibatida Turkiya armiyasining kamida 33 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Turkiya tomoni havo zarbalari «Suriya rejimi» harbiy-havo kuchlari tomonidan yo‘llanganini ma’lum qilgan. Suriyaning bosh ittifoqchisi Rossiya hujum nishoniga tushib qolgan turkiyalik harbiylar «terrorchilar orasida bo‘lgani»ni ma’lum qilgan. Turkiya buni inkor etgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi