13:13 / 29.02.2020
2 575

Turkiya harbiylari 56 nafar suriyalik askar yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Turkiya harbiylari 56 nafar suriyalik askar yo‘q qilinganini ma’lum qildi
Foto: AP Photo
Turkiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, bir necha hududiga qilingan hujumlarda Suriya hukumati armiyasining 56 nafar askari halok bo‘ldi. Bu haqda «RBK»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Anadolu agentligining xabariga ko‘ra, hujumlar o‘q-dorilar bo‘lgan yuk mashinasiga, Aleppo yaqinidagi kimyoviy zavodga va shuningdek, suriyalik askarlar to‘planuvchi joylarga qilingan.

Anqarada Suriyadan olingan ma’lumotlarga tayanib ta’kidlanishicha, aviahujumlar oqibatida 8 tank, 4 zirhli transport vositasi, 2 raketa otish moslamasi va 5 ta gaubitsa yo‘q qilingan.
Shu bilan birga, Suriyada so‘nggi bir kunda bir nafar turk askari halok bo‘lgani, ikki nafari yaralangani tan olingan.

Damashqda bu ma’lumotlar hozircha izoh berilmagan.
Avvalroq Suriya kuchlari tomonidan Idlib viloyatidagi turk harbiy xizmatchilariga aviazarbalar berilgani va buning oqibatida 33 nafar turk harbiysi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Turk kolonnasining 65 ta avtomobili shimolga chekinishga majbur bo‘lgan.

Shundan so‘ng Turkiya hukumati Suriyada halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqalib ketmasligi uchun mamlakatda ijtimoiy tarmoqlarni bloklab qo‘ydi.
Suriya shimoli-g‘arbiy qismida vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan AQSH va NATO mamlakatlari mojaroni deyeskalatsiya qilishni talab qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya harbiylari 56 nafar suriyalik askar yo‘q qilinganini ma’lum qildi